Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreya yoki AQShga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.X. boshqa bir fuqaro I.ni 2019−2021 yillar davomida aldab, uni Koreya Respublikasi yoki AQSh ishga jo‘natishiga ishontirgani aniqlandi.

Buning evaziga 12 700 AQSh dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan. Tekshiruv davomida M.X. o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Uning qaytargan 500 AQSh dollar puli ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiyu Tergovdavom etmoqda.