O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni Farg‘onaga tashrifi chog‘ida Nurafshon ko‘chasidagi «Yangi O‘zbekiston» massivi qurilish obyektini borib ko‘rdi.

300 gektar maydonda 298 ta ko‘p qavatli (7, 12, 16, 18 va 25 qavatli) uylarni bunyod etish rejalashtirilgan. Ularning 80 tasi joriy yilda tadbirkorlik subyektlari tomonidan quriladi.


«O‘zbekiston 24» telekanali xabariga ko‘ra, qurilishda Koreya tajribasi qo‘llanilib, loyihaga turkiyalik mutaxassislar ham jalb etilgan.

Na massive budut postroyenы dve obeobrazovatelnыye shkolы, tri detskix sada

Massivda ikkita umumta’lim maktabi va uchta bolalar bog‘chasi («O‘zbekiston 24» reportajida har biri 1650 ta o‘ringa mo‘ljallangan 6 ta maktab va har biri 420 o‘rinli 10 bolalar bog‘chasi haqida gap ketgan), tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish punktlari, 4000 o‘rinli amfiteatr, mehmonxona, sport majmuasi va masjid quriladi. Bu yerda shuningdek, 50 gektar maydonda kichik sanoat zonasi ham ish boshlaydi, 20 ming nafar aholi uchun ish o‘rni yaratiladi.


Massiv markazidagi 70 gektar maydonda sun’iy ko‘lga ega «Yangi O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi. Bu yerga allaqachon 10 ming tupdan ortiq ko‘chat ekilgan. Jami 21 ming tup daraxt ekish rejalashtirilgan.

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Odilov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida yashil maydonlarning umumiy maydoni massivning 56 foizini tashkil etishini ta’kidladi. «Bu bugungi kunda biz qurayotgan massivlar ichida eng yashil va ekologik massiv hisoblanadi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sanoat zonasida elektrotexnika va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari massivni aloqa tarmoqlari bilan ta’minlash va zamonaviy kommunal xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


«O‘zbekiston 24» xabarida ta’kidlanishicha, massiv hududida shahar qurilish me’yorlaridan kelib chiqqan holda barcha muhandislik kommunikatsiyalari (suv va issiqlik ta’minoti, elektr tarmoqlari va telefon aloqalari) joylashgan 11 km uzunlikdagi tunnel (birinchi bosqichda — 4 km) quriladi, gaz tarmoqlari bundan mustasno.

Tunnel qurilishi kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash xarajatlarini kamaytirishga mo‘ljallangan, ya’ni viloyat qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Rahimovning ta’kidlashicha, «asfaltnni qazib, yashil maydonlarga zarar yetkazish shart emas».


Kommunikatsiya tunnelining ustki qismida velosiped va piyodalar yo‘laklari yotqiziladi.

Dasturda massivning pudratchisi va dizayneri haqida xabar berilmagan.

«Yangi O‘zbekiston» massivlari shuningdek, Farg‘ona shahri, Yozyovon va Farg‘ona tumanlarida ham paydo bo‘ladi. Farg‘ona viloyatida joriy yilda jami 9429 xonadonga mo‘ljallangan 244 ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Noyabr oyida Shavkat Mirziyoyev mamlakatning barcha hududlarida «Yangi O‘zbekiston» turar-joy massivlari qurilishini ma’lum qilgan edi. Besh yil ichida ushbu massivlarda 250 mingdan ortiq xonadon barpo etilishi kerak.