Jamiyat

O‘zbekiston maktablarida odob-axloq qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi
16 may 2022, 09:38

O‘zbekiston maktablarida odob-axloq qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi

Xalq ta’limi vazirligi 1 avgustga qadar maktablarda ichki tartib va odob-axloq qoidalarini qayta ko‘rib chiqadi. Unda maktab va ota-onaning ta’lim va tarbiyada ishtiroki, mas’uliyati hamda majburiyatlari aks ettiriladi. Qolaversa, 2023−2024 yillarda maktablarda eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun jami 400 mlrd so‘m ajratiladi, internet tezligi 100 Mbit/s gacha oshiriladi.

DXX xodimi Surxondaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
16 may 2022, 08:55

DXX xodimi Surxondaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Abdurasul Abduraxmanov Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat bo‘yicha boshqarmasida faoliyat yuritgan.

Xorazmda odamlarni do‘pposlashda gumonlanayotgan guruh qo‘lga olindi
15 may 2022, 18:28

Xorazmda odamlarni do‘pposlashda gumonlanayotgan guruh qo‘lga olindi

Xorazm viloyatida odamlarni urib, do‘pposlab kelganlikda gumonlanayotgan 3 nafar shaxs qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilarga tegishli avtomashinalardan pichoq va temir bita topilgan.

«Uyga yo‘l»
15 may 2022, 13:50

«Uyga yo‘l»

Toshkent hayvonot bog‘ida «Uyga yo‘l» xayriya ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Uning asosiy faol ishtirokchilari qarovsiz qolgan yoki ko‘chadan topib olingan kuchuklar va mushuklardir. Tashkilotchilarning fikricha, ko‘rgazma hayvonlarga mehribon oilada yashash uchun yangi imkoniyat beradi. «Gazeta.uz» kimlar uyga yo‘l topa olgani haqida hikoya qiladi.

Foto: Toshkent hayvonot bog‘idagi «Uyga yo‘l» ko‘rgazmasi
15 may 2022, 13:01

Foto: Toshkent hayvonot bog‘idagi «Uyga yo‘l» ko‘rgazmasi

Toshkent hayvonot bog‘ida «Uyga yo‘l» xayriya ko‘rgazmasi davom etmoqda. Ko‘rgazmadan maqsad — uysiz kuchuk va mushuklarga ularni sevadigan oilani topishlariga ko‘maklashish. Ko‘rgazmaning birinchi kunidan Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.

Namanganda tomorqasida ko‘knori yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi
15 may 2022, 10:59

Namanganda tomorqasida ko‘knori yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi

Namangan viloyatining Norin tumanida o‘z tomorqasida 57 tup ko‘knori yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi.

O‘zbekistonda o‘smirlar salomatligi va farovonligini himoya qilish strategiyasi qachon qabul qilinadi?
14 may 2022, 23:39

O‘zbekistonda o‘smirlar salomatligi va farovonligini himoya qilish strategiyasi qachon qabul qilinadi?

O‘zbekistonda qariyb ikki yildan beri o‘smirlar salomatligi va farovonligini himoya qilish strategiyasi loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu vaqtda esa yo‘l-transport hodisalarida bolalar o‘limi hamda qiz va o‘g‘il bolalar orasida suitsid chidab bo‘lmas darajada yuqoriligicha qolmoqda, bu shoshilinch kompleks choralar ko‘rishni talab etadi, degan fikrda mutaxassislar.

Soxta pasport bilan Toshkentdan Londonga uchmoqchi bo‘lgan xorijliklarga sud hukmi o‘qildi
14 may 2022, 13:51

Soxta pasport bilan Toshkentdan Londonga uchmoqchi bo‘lgan xorijliklarga sud hukmi o‘qildi

Aprel boshida 8 nafar shri-lankalik Toshkentdan Londonga uchishga uringanida reysdan to‘xtatib qolindi. Ekspertiza ulardagi 2ta Italiya va 6 ta Fransiya pasporti qalbaki ekanligini aniqladi. Xorijlik fuqarolarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Xasan Maycheyev: «Birovning ishini buzish niyatim yo‘q edi va rassomdan uzr so‘rashga tayyorman»
14 may 2022, 12:32

Xasan Maycheyev: «Birovning ishini buzish niyatim yo‘q edi va rassomdan uzr so‘rashga tayyorman»

Oksana Chusovitina tasvirlangan graffitiga yetkazilgan zararni to‘g‘rilash so‘ralgan poytaxtdagi murallar muallifi Xasan Maycheyev voqea aslida qanday bo‘lganini so‘zlab berdi. U boshqalarning ishini buzish niyati bo‘lmaganligini aytib, hamkasbidan uzr so‘radi. Shanbaga o‘tar kechasi Inkuzart graffitidagi o‘zining logosini o‘chirib tashladi.

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarni mukofotlash tartibi belgilandi
14 may 2022, 11:46

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarni mukofotlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga jarimaning 20 foizi miqdorida pul mukofotini to‘lash tartibi belgilandi. Fuqarolar terminal mavjud emasligi, naqd va karta orqali to‘lovda tafovut, tovarlarni qalbaki markirovkalash va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish kabi holatlarni aniqlasa Soliq mobil ilovasi orqali xabar berishi mumkin.

Qozog‘istondagi avariya qurbonlari soni oshdi. Jabrlanganlar evakuatsiya qilindi
14 may 2022, 11:23

Qozog‘istondagi avariya qurbonlari soni oshdi. Jabrlanganlar evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonning Jambil viloyatida avtobus YTHga uchrashi oqibatida jabrlangan 23 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi. Vafot etgan ikki fuqaro jasadi yashash manzillari — Buxoro va Xorazm viloyatlariga yuborildi. Shanba kuni jarohat olganlarning yana biri olamdan o‘tdi.

Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari o‘zgardi
14 may 2022, 10:59

Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari o‘zgardi

Uchko‘prik tumani hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur lavozimda Sa’dullo Istamovning o‘rnini egalladi.

Nima tayyorlaymiz: gulkaramdan taomlar
14 may 2022, 10:40

Nima tayyorlaymiz: gulkaramdan taomlar

Qovurilgan gulkaram, gaz pechi hamda pishloqli klyarda pishirilgan gulkaram, tovuq go‘shti bilan tayyorlangan kotletlar, gulkaramli krem sho‘rva — Zira.uz gulkaramdan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Kelinini o‘ldirgan qaynona hibsga olindi
14 may 2022, 10:06

Kelinini o‘ldirgan qaynona hibsga olindi

Toshkent viloyatida janjal oqibatida qaynona kelinini pichoqlab qo‘ydi, u kasalxonada vafot etdi. Kelinning uch nafar farzandi bor edi.

O‘zbekcha Vikipediyaning faol muharrirlariga 50 mln so‘mgacha pul beriladi
13 may 2022, 18:18

O‘zbekcha Vikipediyaning faol muharrirlariga 50 mln so‘mgacha pul beriladi

O‘zbekistonda internetda o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirishga qaratilgan WikiStipendiya marafoniga start berildi. O‘zbekcha Vikipediyaning eng faol muharrirlari 50 mln so‘mgacha bir martalik stipendiyani qo‘lga kiritishi mumkin. Aprel oyida Vikipediyaning o‘zbekcha sahifalari 14,6 mlndan ortiq marotaba ko‘rilgan.

Yana bir hokim yordamchisi $300 olayotganda qo‘lga tushdi
13 may 2022, 17:30

Yana bir hokim yordamchisi $300 olayotganda qo‘lga tushdi

Qashqadaryoning G‘uzor tumanida hokim yordamchisi 300 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U mahalliy fuqaroga viloyat tez tibbiy yordam markaziga feldsher bo‘lib ishlashga kiritishni va’da qilganligi aytilmoqda. Tuman hokimiyati «hokim yordamchisi avvalgi ish joyidagi imkoniyati tufayli pora olgani, hozirgi lavozimi unga bunday vakolatlar bermasligini» ta’kidladi.

«Bu inson huquqlarini ochiqdan-ochiq poymol qilish». Huquqshunos «tonirovka» haqida
13 may 2022, 17:26

«Bu inson huquqlarini ochiqdan-ochiq poymol qilish». Huquqshunos «tonirovka» haqida

Huquqshunos Kamoliddin Bahavadinov «tonirovka»ga qo‘yilgan talab mantiqsizlikdan boshqa narsa emasligi va unga qo‘yilgan narx «kosmik» darajada qimmatligini tanqid qildi. «Odam yozda o‘zini biroz qulay his qilishi uchun 6 oylik oyligini yemay, ichmay berishi shaxsan men uchun mantiqsizlik. Bu inson huquqlarini ochiqdan-ochiq poymol qilish», — dedi u. Qolaversa, mashina orqa yon oynasiga parda taqishga ruxsat borligi va «tonirovka» mumkin emasligini hech kim tushuntirib bera olmasligini aytdi.

Andijonda sobiq hokim yordamchisi osilgan holda topilgani aytilmoqda
13 may 2022, 17:24

Andijonda sobiq hokim yordamchisi osilgan holda topilgani aytilmoqda

Marhamat tumani hokimining «Polvontosh» mahallasi bo‘yicha sobiq yordamchisi, 38 yoshli fuqaro o‘z xonadonidagi molxonada osilgan holda topildi. Unga nisbatan tazyiq, haqorat va boshqa noqonuniy harakatlar sodir etilmagani aytilmoqda. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand yo‘lidagi YTHda 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi
13 may 2022, 17:19

Samarqand yo‘lidagi YTHda 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi

Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda Nexia avtomobili beton to‘siqqa urilib, pastlikka ag‘darilgan. Mashinada yong‘in chiqib, 4 nafar yo‘lovchi vafot etgan. Haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Qozog‘istonga maxsus ishchi guruh yuborildi
13 may 2022, 13:43

O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Qozog‘istonga maxsus ishchi guruh yuborildi

Bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istonning Jambil viloyatida avtobus va traktor ishtirokidagi avariyada jabrlangan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish va hodisa sabablarini o‘rganish uchun qo‘shni davlatga maxsus ishchi guruhni yubordi. Unga favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov boshchilik qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting