Maktabda o‘n yillik o‘zbek tili ta’limi ko‘plab rusiyzabonlarga davlat tilida gaplashishni o‘rgatmadi. Tilni o‘rganishni bugun xususiy onlayn kurslar taklif etmoqda. “Gazeta.uz” uchta shunday maktab ta’sischilaridan darslarni yo‘lga qo‘yish g‘oyasi, qiyinchiliklar va o‘quvchilarning talablari haqida so‘radi.
Urganchda «Chorvanasl» markazi mutaxassisi fuqaroning 50 gektar yerini yangi fermer xo‘jaligi tarkibida qayta rasmiylashtirib berish evaziga $60 ming olganida ushlandi. Voqeaga aloqador tuman hokimi o‘rinbosari ham $43 ming pora bilan qo‘lga olindi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Milliy kutubxona «yaqin vaqt ichida» sutkasiga 24 soat ishlay boshlashini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa bunday va’dalar avval ham berilganini eslatdi.
Oasis Credit`ning direktori Mahmudali Guseynov kompaniyaning boshqa mamlakatlarda kredit berish tajribasi va xalqaro moliya tashkilotlarining resurslari haqida so‘zlab berdi.
Toshkent metrosining «Alisher Navoiy» bekatida IIO xodimlariga sumkasini tekshirtirayotgan 19 yoshli qiz uning ichida bomba borligini aytgan. Sumkani ko‘zdan kechirish chog‘ida undan portlovchi moslama topilmagan. Sud yolg‘on ma’lumot bergani uchun qizga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi monitoringi davomida, savdo nuqtalarining 85 foizi soxta xamirturushlar sotishi aniqlandi. Agentlik ta’kidlashicha, bunday mahsulot odamlar salomatligiga xavfli hisoblanadi.
Seshanba kuni issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to‘plandi. «Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, turli hududlaridan kelgan o‘nlab tadbirkorlar dastlab prezident Administratsiya rahbari bilan ko‘rishishga uringan, biroq ular Vazirlar Mahkamasiga yo‘naltirilgan.
Andijon viloyatining Andijon tumaniga Baxtiyor Mamatkarimov hokim etib tayinlandi. Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga esa Umrbek Jumaniyazov hokim bo‘ldi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan fuqarolarga haydovchilik guvohnomasini 300−400 dollar evaziga olib berishni va’da qilgan gumondor shaxslar ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
«Jamiyatimizning ba’zi vakillarida bugungi kunda ham eskirgan kirillni saqlab qolish hissining mavjudligini ulardagi ona tili tushunchasidagi imloviy bo‘shlig‘i bilan izohlash mumkin», degandi Mehroj Usmonov. U ushbu maqolada o‘zbek tilining haqiqiy alifbosi qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritadi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qishki jadvalga o‘tmoqda. Mavsumda Malayziya va Tailandga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Shuningdek, Farg‘onadan Dubayga qatnovlar amalga oshiriladi, Toshkentdan Sharjaga parvozlar haftasiga uch martaga ko‘paytiriladi.
Yangiyo‘lda 32 sotix yerni $29 ming evaziga sotishda gumonlanayotgan shaxslar aniqlandi. Ulardan biri tuman Kadastlar palatasi muxandisi ekanligi aytilmoqda. Andijonda esa fuqaro 3,5 gektar yerni auksionda yutib berishni va’da qilib, $1000 olganda ushlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari ko‘zg‘atildi.
Merit kompaniyasi o‘zining Merit College talabalar maktabini ochmoqda. Kompaniya kollejning o‘quv dasturi, afzalliklari, kirish imtihonlari bilan batafsil tanishtirdi.
Mahalliy kengash deputatlarining vakolat va imkoniyatlarini kengaytirish taklif etilyapti. Xususan, ular hokim lavozimiga nomzodlarni ilgari surishlari, unga ishonchsizlik bildirishlari, noqonuniy qarorlar va saylovchilar tashabbuslari bilan deputat mandatini bekor qilishlari mumkin bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir qator IIO xodimlari orden va medallar bilan mukofotlandi.
Toshkent shahar Uchtepa tumani kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov o‘zini «IIO podpolkovnigi» deb tanishtirgan odam uni organ binosiga chaqirayotganini ma’lum qildi. U buni «siyosiy buyurtma va deputatlik faoliyatiga bosim» deb atadi.
Shavkat Mirziyoyev dunyoda energetika sohasida bo‘layotgan muammolar mintaqaga ham ta’sir ko‘rsatayotgani, bunday vaziyatda tejamkorlik dolzarb ekani haqida gapirdi. «Shu bois barcha muassasalarda energiya tejovchi texnologiyalar o‘rnatish, odamlarning bu boradagi daxldorligini oshirish muhim», — dedi prezident.
Prezident nazoratiga olingan Sirdaryodagi portlash, «Dream Park» nomi bilan qayta ochilgan G‘afur G‘ulom bog‘i, haftaning yarmi yomg‘irli bo‘lishi, 27 oktabrda Ostonaga boradigan Shavkat Mirziyoyev, 2026 yilgacha bitadigan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘li va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalarining bir qator kirib kelishi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni belgilaydi. Payshanba va juma kunlari quruq va nisbatan iliq ob-havo boshlanadi, ammo kunduzi harorat +19 darajadan, kechasi esa +8 dan oshmaydi.
Poytaxtda «O‘zbekiston: Markaziy Osiyo bo‘ylab zamonlar osha sayohat» filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning beshta hududida suratga olingan kinokartina arxeolog va tarixchilar tadqiq etishi uchun katta ahamiyatga ega favqulodda g‘ayrioddiy yurtlar tarixi hikoya qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting