Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yaqin vaqt ichida haftasiga yetti kun, sutkasiga 24 soat ishlash rejimiga o‘tadi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
«So‘rovingizga ko‘ra, AOKA va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati bilan bog‘landim. Kutubxona tez orada 24/7 ishlash rejimiga o‘tishini ma’lum qilishdi. Hozir vazirlik va idoralar bilan jarayonni rasmiy yo‘lga qo‘yish ishlari davom etmoqda», — deb yozdi Sa’dullayev Twitter’dagi sahifasida.
Senatorning qo‘shimcha qilishicha, «jarayon boshlangan, AOKA va Milliy kutubxona hamma ishlarni amalga oshirmoqda». «Xodimlarning tungi ish vaqti, mehnat tartibi va maosh to‘lash masalasida ekan jarayon. Umid qilamizki, tez orada jarayonni yo‘lga qo‘yib yuborishadi», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Hozirda Milliy kutubxona ish kunlari 8:00 dan 21:00 ga qadar, dam olish (shanba va yakshanba) kunlari esa 9:00 dan 17:00 ga qadar kitobxonlarni qabul qiladi. Ayni vaqtda, «Nodir» noyob manbalar zali ish kunlari 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi, dam olish kunlari esa ishlamaydi.
Milliy kutubxonaning ish vaqtiga doir munozaralar Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbek segmentida 22 oktabr kuni boshlangan edi. Foydalanuvchi Miss Gatsby Twitter’da Alisher Sa’dullayevga murojaat qilib, «kvartirada va yotoqxonada turadiganlar uchun yagona o‘qish joyi» bo‘lgan Milliy kutubxonadan kitobxonlar dam olish kunlari soat 16:30 dan chiqarib yuborilishini, shu bois kutubxonani 24/7 rejimida ishlaydigan qilib berishni so‘ragan edi.
Alisher Sa’dullayev bu murojaatni o‘z sahifasida qayta ulashib, boshqa foydalanuvchilarning bu boradagi fikrini so‘ragan. Uning so‘roviga 150 ga yaqin javob qaytarilgan. Javoblarning aksariyatida foydalanuvchilar kutubxonaning 24/7 rejimida ishlashini olqishlagan, ish vaqtini hech bo‘lmasa 23:00 ga uzaytirish ham samarali bo‘lishi aytib o‘tilgan. Shuningdek, bir guruh foydalanuvchilar Milliy kutubxonaga kirib-chiqishni osonlashtirish zarurligini ta’kidlagan edi.
Yaxshi bo‘lardi talabalar uchun.
— Jasurbek Sulaymonov (@JasurbekSulaym2) October 22, 2022
Misol uchun biz 1 xonali kvartirada 7 kishi turamiz. Umuman dars qilishga sharoit yo‘q va stol stul ham yo‘q. Shuning uchun kutubxona kechasi ham dars qilish uchun yaxshi joy.
100%. Biz studentlar uchun asosan dars qiladigan joy Milliy kutubxonamiz! Afsuski, hisobga olinishi kerak boʻlgan kamchiliklari talaygina! Ishlash soatlari kamligi birinchi masala menimcha. Kutubxonaga badiiy va diniy kitoblar olib kirishga ruxsat berilsa ham yaxshi boʻlardi.
— Iroda Kabulova (@IKabulova) October 22, 2022
Kursdoshimiz bo‘lardi, qarindoshinikida turardi.Erkak qarindoshi ishdan kelguncha yangasi bor domga kirolmasdi, istihola qilardi.Shuning un eski Navoiy kutubxonasiga borib 10−11gacha dars qilib, kitob o‘qirdi. Kirish-chiqish qamoqqa o‘xshaydigan Milliy kutubxonani Agentlik balansiga o‘tkazish kk
— AZiza (@AQurbonova) October 22, 2022
Har kuni , shanba yakshanba ham, 23:00 ga ishlasin aka iltimos faqat tezroq shu muamoni Hal qilishga yordam bering. Mayli 18:00 dan keyin kitob berish to'xtatilsaham lekin chiqarvormasin ko'pchilik aslida o'zini boshqa darslarini qilish uchun boradi .
— orientialist (@orientalist1011) October 22, 2022
O'quv zallari 24 soat ishlashi kerak. Kitob topib berish xizmati faqat kunduz kunlari ishlasa ham yetadi. Koreya tajribasida shunaqa. Midtermlardan oldin ertalab 5 gacha kutubxonada o'tirgan va o'sha kuni soat 9 da imtixongga kirgan paytlarim bo'lgan. Juda ham foydasi tekkan.
— Khojiakbar Khamidov (@Khojibro9) October 22, 2022

shunchaki kitoblar sonini ko‘paytirib, a’zolik va kirib-chiqish yengillashtirilsin avval. 24/7 bo‘lmasayam, 21:00 gacha ishlasin
— Shoakmal Plaza (@Shoakmal) October 22, 2022
Ayni vaqtda, bir qator Twitter foydalanuvchilari bu kabi gap-so‘zlar birinchi marta aytilmayotganini eslatib o‘tgan.
Bu masalani 4yil avval ko'targanimzda ham kutubxona direktori tez orada 24/7 rejimida ishlab boshlaymiz degandi… https://t.co/2Riwl1yKDm
— Inobat_Ahatova (@AhatovaInobat) October 25, 2022
Bu masalani 4yil avval ko'targanimzda ham kutubxona direktori tez orada 24/7 rejimida ishlab boshlaymiz degandi… https://t.co/2Riwl1yKDm
— Inobat_Ahatova (@AhatovaInobat) October 25, 2022
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ish vaqtini 23:00 ga qadar uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida muassasa rahbari Umida Teshaboyeva 2019 yil aprelida ma’lum qilgan edi. «Kechki vaqt ishlaydigan xodimlarga amaldagi qonunchilik bo‘yicha ish haqi to‘lash masalasi o‘rganilmoqda. Milliy kutubxona 23:00 ga qadar ishlashi uchun fondni saqlash, xizmat ko‘rsatish kabi bo‘limlarda 36 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratilishi talab etilar ekan. Bu masalalar ustida hozir ish olib borilmoqda», — degandi u.