Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalarining bir qator kirib kelishi belgilaydi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Dushanba va seshanba kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

25 oktabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 26 oktabrda respublika hududining katta qismida shamol 15−20 m/s gacha, shuningdek, 26 oktabrda ba’zida 23−25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat foni ushbu kunlarning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 1−2 darajaga past bo‘ladi va kechalari +5…+8, kunduz kunlari +12…+15, ba’zi joylarda 25 oktabrda +17…+20 darajagachani tashkil etadi.

Ish haftasining oxiriga (payshanba va juma) kelib, respublikada quruq va nisbatan iliq ob-havo kuzatiladi, ammo havo harorati kechalari +3…+8, kunduz kunlari +14…+19 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.