O‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilarining katta qismi hozirgi kunda maktabdan keyin o‘quv markazlari va repetitorlarga qatnashi odatiy holga aylandi. Bu esa o‘quvchidan ko‘proq kuch va vaqt olib qo‘yadi. Natijada, yoki maktab qolib ketadi, yoki o‘zlashtirish pasayib ketishi mumkin.

Bu muammoga yechimni Merit kompaniyasi o‘zining Merit College — talabalar maktabi loyihasi bilan taklif qilyapti. Kompaniya kollejning o‘quv dasturi, afzalliklari, kirish imtihonlari bilan batafsil tanishtirdi.


Merit haqida

Merit brendi ko‘pchilikka tarbiya va ta’limni o‘zida uyg‘unlashtira olgan xususiy maktablar tarmog‘i sifatida tanish. Shu kungacha 2000 dan ortiq o‘quvchilarni 7 ta ta’lim muassasasida o‘qitib kelyapti va 2022 yilgi bitiruvchilarining 97 foizi talaba maqomiga erishgan.

Merit College ham repetitor, ham maktab o‘rnini bosuvchi kollej sifatida tashkillashtirilmoqda. Unda 7−11 sinflar o‘quvchilari tabiiy fanlar yoki biznes yo‘nalishida ta’lim olishadi. Yo‘nalishga qarab kimyo va biologiya yoki ingliz tili va matematika fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishadi.


Nima uchun aynan Merit College?

Ilk urinishdanoq talaba bo‘lish imkoniyati

Kollej berayotgan bilimning o‘zi bilan O‘zbekiston OTMlarining 168 ta yo‘nalishiga topshirishi va birinchi yildanoq talabaga aylanishi mumkin. Kollejda Davlat ta’lim standarti doirasidagi fanlar ham o‘qitiladi va bitiruvchilarga shahodatnoma taqdim etiladi.

Kuchli ustozlar

Kollejda abituriyent tayyorlashda 20 yillik tajribaga ega malakali ustozlar dars beradilar. Har birining o‘ziga xos metodikasi bo‘lib, u o‘quvchining yuqori natijaga erishishiga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, kollejda o‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar bilan shug‘ullanuvchi koordinatorlar mavjud. Ular o‘quvchi bilan masalalar yechishadi, dasturni takrorlashadi va o‘tilgan mavzularni mustahkamlashadi.


Maxsus o‘quv dasturi

Kollejda 7−10 sinflar uchun o‘quv yili 10 oy, 11 sinflar uchun esa 11 oy davom etadi.

Darslar haftada 6 kun 14:00 gacha davom etadi. 6 kun, shanba takrorlash kuni bo‘lib, unda quyidagilar bo‘lib o‘tadi:

  • o‘tilgan mavzular tahlil qilinadi;
  • masalalar va testlar ishlanadi;
  • nazariy bilimlar amaliyotda qo‘llaniladi: laboratoriya ishlari va turli tajribalar o‘tkaziladi;
  • soha vakillari bilan uchrashuvlar tashkillashtiriladi;
  • OTMlarga sayohatlar uyushtiriladi.

Darslarning tushlikkacha davom etishi o‘quvchilarga shaxsiy ishlari yoki uyga vazifalari bilan shug‘ullanishga sharoit yaratadi. Kollejda ingliz tili fani hammaga barobar chuqurlashtirib o‘rgatiladi. Bu o‘z o‘rnida o‘quvchilarga xalqaro miqyosda faoliyat olib borishga yordam beradi.

Har oy o‘quvchilar blok-test topshiradilar. Bu orqali ota-onalar va o‘quvchilarning o‘zlari o‘zlashtirish samaradorligini kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ushbu imtihondan yuqori natijaga erishgan o‘quvchilar oylik to‘lovdan 50% chegirmani qo‘lga kiritadilar.


Intiluvchan muhit

Kollejda faqat oqimoqchi va ilm olmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar ta’lim oladilar. Natijada, kollejda o‘zaro sog‘lom raqobat va qo‘llab-quvvatlash muhiti yuzaga keladi.

Bilimga qo‘shib maxsus bonus

O‘quvchilar faqatgina sifatli bilim olibgina qolmaydilar. Haftada bir marta o‘tiladigan tarbiya darslari bola tarbiyasini shakllantiradi.

Qabul jarayoni

Kollejga kirish jarayoni yo‘nalishga ko‘ra ikki turga bo‘linadi.

Tabiiy fanlar yo‘nalishiga topshirayotgan 7−10 sinflar o‘quvchilari imtihonsiz, 11 sinf o‘quvchilari esa kimyo, biologiya fanlaridan yozma imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi.


Biznes yo‘nalishiga ham 7−10 sinflar imtihonsiz qabul qilinadi. 11 sinf o‘quvchilari esa matematika, ingliz tilidan suhbat jarayonida elektron tarzda imtihon topshiradilar.

Arizani ushbu havola orqali topshirish mumkin: meritcollege.tilda.ws

Telefon: (+998) 99−988−99−99.

Telegram-bot: t.me/merit_college_bot

Reklama huquqlari asosida.