O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 oktabr — ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunda ularning mamlakatda ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, xalq osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi inobatga olindi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani, yosh avlodni ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlandi.

Xususan, «Mardlik» ordeni bilan:

  • Sobirov Azizbek Ulug‘bekovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i

«Do‘stlik» ordeni bilan:

  • Axmedova Asiya Mustafayevna — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi
  • Bekmurzayev Azamat Yerejepbayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi Nukus aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i

«Jasorat» medali bilan:

  • Aripov Qurbonali Abduraximovich — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
  • Sidiqov Dilshod G‘ayratovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti otryad kichik mutaxassisi
  • Sobitov Jobirxon Sodiqxonovich — Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan:

  • Saidov Odilbek Kudratovich — Surxondaryo viloyati Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
  • Sirajova Maxfuza Eshmurzayevna — Toshkent viloyati Chinoz tumani ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori
  • Umarov Aslitdin Muxtarovich — Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi patrul-post xizmati safdor xodimi
  • Umedov Mexriddin Xamidovich — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi
  • Xayitboyev Xamidullo Mirabdullo o‘g‘li — Andijon viloyati Izboskan tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
  • Xomidov Yursunali Shokirovich — Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

«Shuhrat» medali bilan:

  • Dushamov Dilshod Kuzibayevich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili
  • Qalandarov Baxodir Sapayevich — Xorazm viloyati Yangiariq tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
  • Normatov To‘lanboy Abdunazarovich — Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
  • Talbabayeva Nargiza Abdurasulovna — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti inspektori
  • Fattullayev Bobir Nematovich — Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i
  • Xudoyqulov Alisher Abdumajidovich — Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi 2-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i
  • Egamberdiyev Fozil Safarboyevich — Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili
  • Yusupov Qahramon Yuldashboyevich — Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori taqdirlandi.