Andijon viloyatining Andijon tumaniga hamda Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mamatkarimov Baxtiyor Rustamovich Andijon tumani hokimi bo‘ldi. Tayinlovga qadar u «O‘ztransgaz» AJ boshqaruvi raisining moliya va marketing bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Baxtiyor Mamatkarimov. Foto: O‘zA

Shuningdek, Jumaniyazov Umrbek Matkarimovich Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Tayinlovga qadar u «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Umrbek Jumaniyazov. Foto: O‘zA

Bundan tashqari Surxondaryo viloyat hokimining qarori bilan unga ikki o‘rinbosar tayinlandi.

Xususan, O‘ralov Sirojiddin Shodmon o‘g‘li viloyat hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

U 1996 yilda Qumko‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2018 yilda Termiz davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Hozirda ushbu universitetning iqtisodiyot yo‘nalishi sirtqi ta’lim shaklida 4- bosqichda o‘qiydi. Shu kungacha ushbu kotibiyatda bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelgan.

Sirojiddin O‘ralov. Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Xalilov Akramjon Rustamovich esa viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri bo‘ldi.


Akramjon Xalilov. Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Akramjon Xalilov 1993 yilda Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2017 yilda Termiz davlat universitetining informatika o‘qitish metodikasi fakultetini tamomlagan. Hozirda ushbu universitetning moliya yo‘nalishi sirtqi ta’lim shaklida 4-bosqichda tahsil olmoqda. U shu kungacha ushbu kotibiyatda bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelayotgandi.