O‘zgidromet xizmati agentligi 1−7-mart kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli ko‘chki respublikaning tog‘li, jumladan, quyidagi hududlarida kuzatiladi:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.