Urganchdan 11 ta mahalliy va xorijiy shaharlarga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Xizmatlarda o‘sish bo‘lishi uchun transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligi qayd etildi. Shu bois, Urganch va mamlakatimizni boshqa shaharlariga авиачипta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard so‘m subsidiya beriladi.

Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

“Urganch-Xiva” trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.

Urganch aeroporti boshqaruvi va modernizatsiyasiga xususiy sherik jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev sayyohlar 1 yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirishi uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishini ma’lum qilgandi.