27-fevral — 1-mart kunlari Nyu-York shahrida (AQSh) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika komissiyasining 55-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bahodir Begalov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiya ham ishtirok etdi, deya xabar berdi Statistika agentligi matbuot xizmati.

Sessiya kun tartibida belgilangan masalalar qatorida Bahodir Begalov nomzodini 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga ilgari surish bo‘yicha tashkiliy masala muhokama qilindi.

бмт, statistika agentligi

Shuningdek, tadbirlar doirasida ular BMT Statistika departamenti direktori, Open Data Watch tashkiloti rahbariyati, Islom hamkorlik tashkilotining markaz direktori, MDH Davlatlararo statistika qo‘mitasi rahbari va boshqalar bilan uchrashgan, sohaga doir qator mavzular bo‘yicha muhokama olib borgan.

Xususan, BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasi, Yevrostat va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi tomonidan 2024-yilning 4-choragida O‘zbekiston milliy statistika tizimini global baholashdan o‘tkazish reja qilinmoqda.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning milliy statistika tizimini rivojlantirish borasidagi masalalar bo‘yicha Malayziya milliy statistika idoraci, Koreya milliy statistika idorasi kabilar bilan hamkorlik kelishuvlariga erishilgan.

Avvalroq Bahodir Begalov Yevropa Statistiklari konferensiyasi byurosi yig‘ilishida Statistika agentligi direktorining Yevropa statistiklari konferensiyasi byurosi a’zoligiga ham qabul qilingandi.