Alerte Héritage madaniy meros observatoriyasi “Boqiy Buxoro” etnografik sayyohlik markazini barpo etish maqsadida Buxoro markazidagi bino va obyektlarni “ommaviy” buzishni to‘xtatishga va hukumatni kelgusidagi rejalarni jamoatchilik bilan muhokama qilish uchun ommaga e’lon qilishga chaqirdi.

“Gazeta.uz” 470 million dollarlik loyihani amalga oshirish uchun 2002-yilda qurilgan “Buxoro Arena” sport majmuasi va futbol stadionini buzish ishlari boshlanganini yozgandi.

Bundan tashqari, Buxoro shahar hokimligi binosi ham buzilmoqda. Alerte Héritage 1970-yilda qurilgan (buxorolik arxitektor Zoirsho Qilichevning so‘zlariga asosan) va “so‘nggi rekonstruksiya sovet modernizmining ifodali yodgorligi bo‘lgunga qadar” qurilgan binoning buzilishidan xavotir bildirgandi.

Avvalroq 1980-yillarning ikkinchi yarmida me’mor Richard Blez loyihasi bo‘yicha qurilgan Buxoro viloyati hokimligi binosi buzilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Alerte Héritage ushbu binoni ham saqlab qolishga chaqirgandi. Bu “me’morning saqlanib qolingan va tashqi bezaklarga ko‘ra, qurilish vaqtidagi haqiqiy shaklini asrab qolgan sanoqli asarlaridan biri bo‘lib qolmoqda”.

“YUNESKOning Butunjahon merosining bufer muhofazasi zonasi doirasidagi ommaviy vayronagarchiliklar ko‘plarni hayratda qoldirmoqda”, — deyiladi arxitektura tashkiloti bayonotida.

Birinchidan, buzilish ishlari rejasi YUNESKO bilan kelishishdan oldin boshlangan. “Bu mavjud tuzilmalarni yo‘q qilish noqonuniy va respublika o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarga zid ekanligini anglatadi”, — deyiladi bayonotda.

Ikkinchidan, “agar buzish boshlangan bo‘lsa, u qandaydir loyiha bo‘yicha amalga oshirilmoqda”. “Ommaviy e’lon qilingan yagona loyiha har tomonlama, shuningdek, birinchi navbatda dizayn jihatidan halokatli”, deb ta’kidlaydi bayonot mualliflari.

alerte héritage, buхоро, юнеско, buхоро тuристик маркази, bеўхшов

Ularning izohlashicha: “O‘rta Osiyoda eng yaxshi saqlanib qolgan o‘rta asr shahri yonida „eski binolarga o‘xshash“ rekvizitlar qurilgan. Bunday soxta binolar Las-Vegas yoki Makaoda kulgili ko‘rinishi mumkin. Biroq Buxoroning tarixiy o‘zagiga vizual yaqinlikdagi soxta „Sharq“ u yerga fuqarolarni begonalashtirishga va sayyohlarni qo‘rqitishga mahkumdir”.

Bayonotga ko‘ra, “Tashqi ko‘rinishdan zavqlanish uchun “o‘z-o‘zini sharqlashtirish” mustamlakachilik davrining merosidir. Ammo 20-asr boshidagi “mustamlakachilik ko‘rgazmalari”ni mustamlakachilarning o‘zlari tashkil qilgan bo‘lsa, Buxorodagi arxitektura ko‘rgazmasi loyiha mualliflari tomonidan ixtiyoriy ravishda rejalashtirilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab fuqarolarning keskin sharhlari ushbu yondashuvni rad etishni yorqin tarzda namoyish etadi”.

alerte héritage, buхоро, юнеско, buхоро тuристик маркази, bеўхшов

“Loyiha bir-biriga mos kelmaydigan narsalarni eklektik tarzda birlashtirib turibdi”, deb davom etadi bayonot mualliflari. “Sheraton uchun lift shaxtasi bo‘lib xizmat qiladigan ikkita „Kalon“ (tashqi tomondan Minorai Kalonga o‘xshab ketadigan minoralar — tahr.) arxitektura xakerligining apofeozi bo‘lsa kerak, ammo absurdlik bu bilan cheklanmayapti. Bu yerda „etno-shahar“ mayda mehmonxonalar, „zamonaviy“ stadionli arkadalar, 1990-yillarning „kooperativ kafelari“ ruhidagi yorqin kichik shaklli „Yevropa“ bog‘i bilan tutashgan. Loyihani 3D vizualizatsiyani qanday bajarishni biladigan, ammo rassom sifatida hali ham ojiz bolgan uchinchi kurs talabalari amalga oshirgan degan xayol bor”.

alerte héritage, buхоро, юнеско, buхоро тuристик маркази, bеўхшов

Yakunda e’lon qilingan rejaga viloyat hokimligi binosi kiritilmagan, deya ta’kidlamoqda Alerte Héritage. “Toshkentdagi zamonaviy binolarni asrab-avaylash, Buxorodagi qimmatli yodgorliklarni yo‘q qilishdan hech qanday ma’no yo‘q. Davlatning merosga oid siyosati izchil bo‘lishi kerak!” — deya fikr bildiriladi bayonotda.

Tashkilot Butunjahon merosi obyektlari uchun mas’ul YUNESKO va mamlakat madaniy merosini asrab-avaylash uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston hukumatiga, shuningdek, barcha manfaatdor muassasalar va shaxslarga murojaat qildi: “Buzishni to‘xtatish kerak va keyingi rejalar imkon qadar tezroq muhokama qilinishi va jamoatchilikka taqdim etilishi kerak”.

Eslatib o‘tamiz, Alerte Héritage 2023-yil yanvar oyida sayyohlik markazini qurish rejalaridan xavotir bildirgan. Shahar aholisining noroziligidan keyin loyiha to‘xtatildi. Viloyat hokimligi loyiha bo‘yicha yakuniy qaror YUNESKO xulosasidan so‘ng qabul qilinishini ma’lum qildi. Biroq, 2024-yilning yanvar oyi oxirida viloyat hokimiyati yana markazni qayday qurmoqchiligi haqida rejalarini e’lon qildi.

Fevral oyida, qurilish rejalari ommaga e’lon qilingandan so‘ng, observatoriya yana bir bayonot berdi. Unda YUNESKOning bufer zonasi hududini, jumladan, viloyat hokimligi binosini o‘z ichiga olgan har qanday rekonstruksiya uning atrofidagi binolarga hurmat bilan qarashni o‘z ichiga olishi kerak”ligi ta’kidlangandi.