dayjest

Markaziy stadiondan hokimlik binosigacha: Buxoro shahrida boshlangan “snos"dan fotoreportaj

Buxoro shahrining tarixiy qismiga tutash hududda “Boqiy Buxoro” sayyohlik majmuasining qurilishi ortidan o‘nlab davlat obyektlari buzilishi boshlandi. Bu jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari Buxoroda bo‘lib, ayni paytda buzish ishlari ketayotgan obyektlardan fotoreportaj tayyorladi.


dayjest

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

1−7-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda haroratning o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.


dayjest

Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘adi

Dam olish kunlari aksariyat viloyatlarda bulutli ob-havo bo‘ladi, joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat kechasi −3…+2, kunduzi 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Ammo keyingi hafta biroz kechikish bilan bo‘lsa havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi, deya ta’kidlamoqda sinoptiklar.


dayjest

Farg‘ona viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezildi.


dayjest

Aholiga ipoteka va avtokreditlar berishda banklarga qo‘yiladigan talablar qanday o‘zgarmoqda?

O‘zbekiston Markaziy banki 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga ipoteka va avtokreditlar berish bo‘yicha talablarni kuchaytirmoqda. Qarz oluvchilarning kredit riskini baholash uchun yangi indikator joriy etilmoqda.


dayjest

Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan 30 foiz chegirma taqdim etadi

Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma e’lon qildi. U 21−24-mart kunlari ekonom va biznes klass tariflari uchun amal qiladi.


dayjest

Daniyar Kamilovning kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” “zapravka"lari egasiga aylandi

Daniyar Kamilovga (prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li) tegishli kompaniya UNG Petro kompaniyasi — “O‘zbekneftgaz"ning 78 ta AYOQSHlaridan iborat tarmoq egasiga aylandi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-mart)

Sakkizta kinopremera, spektakllar, ijodiy ishlar yarmarkalari, qoraqalpoq musiqasi kechasi, bolalar shoulari, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

“„Eski binolarga o‘xshash“ rekvizitlar”. Alerte Héritage Buxoro turistik markazining eskizlarini beo‘xshov deya atadi

Alerte Héritage tashkiloti Buxoroda sayyohlik markazi qurilishi uchun bino va inshootlarni “ommaviy” buzishni to‘xtatishga va rasmiylarni kelgusi rejalarini jamoatchilikka ma’lum qilishga chaqirdi. U ommaga e’lon qilingan yangi qurilish loyihasini “har jihatdan halokatli” deb atamoqda.


dayjest

Buxoroda do‘kon yerto‘lasidagi gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Buxoro shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushdi, bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana bir fuqaro shifoxonaga yuborildi.


dayjest

Xorazmda qiymati 10 mlrd dollardan ziyod gaz-kimyo majmuasi quriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda qiymati 10 milliard dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi qurilishini ma’lum qildi. “Bu loyiha ishga tushsa, 3 mingta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 2,4 million tonna yuqori qo‘shilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqariladi”, — dedi prezident.


dayjest

Tojikiston energiya ta’minotida yirik uzilish kuzatildi

Tojikiston energetika tizimida yirik nosozlik yuz berdi, Dushanbe va bir qator viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Mamlakat poytaxtida issiqlik ta’minoti o‘chib, ichimlik suvi ta’minoti ham to‘xtadi.


dayjest

Sayyohlarga Xorazmga 1 yil ichida cheklovsiz kirish uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi

Shavkat Mirziyoyev sayyohlar 1 yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirishi uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishini ma’lum qildi. Viloyatda turizmni rivojlantirishning 3 yillik dasturi qabul qilinadi, imtiyozli kreditlar beriladi, “Lazgi” va “Avesto” muzeylari tashkil qilinishi mumkin.


dayjest

Xorazm viloyati uchun 1,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari paketi shakllantirildi

Xorazmda yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-bo‘yoqlar va mato ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Umumiy qiymati 660 mln dollardan ziyod loyihalar Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.


dayjest

Urganchdan 11 ta mahalliy va xorijiy shaharlarga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.


dayjest

Xorazm tadbirkorlariga qator imtiyozlar beriladi

Xorazmda tadbirkorlarga imtiyozlar belgilanmoqda. Xususan, davlat mulki va yerini xususiylashtirishda 5 yilga bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga topshiriladi. Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi.


dayjest

Xorazmda Fransiyaning Voltalia kompaniyasi quyosh fotoelektr stansiyasini quradi

Shavkat Mirziyoyev va Fransiyaning Voltalia kompaniyasi bosh direktori To‘proqqal'a tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishini boshladi. Yiliga 254 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu esa viloyatdagi elektr energiyasining 11 foizini qoplaydi.


dayjest

Qozog‘istonda rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi

1-martdan boshlab Qozog‘istonda hukumat qaroriga binoan rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi (avval UTC+5 va UTC+6 vaqt zonasi bor edi). Mintaqada soat millari bir soat ortga surilib, O‘zbekiston bilan bir xil bo‘ldi. Yevropaga bir soat yaqinlashdi.


dayjest

Bahodir Begalov nomzodi BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga ilgari surildi

Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida o‘tkazilgan BMT Statistika komissiyasining 55-sessiyasida qatnashdi. Unda agentlik rahbari nomzodi komissiya a’zoligiga ilgari surildi.


dayjest

JSST: dunyoda semizlikdan aziyat chekadigan odamlar soni 1 milliarddan oshdi

Olimlarning fikriga ko‘ra, 2022-yilda 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkiz kishidan biri semizlikdan aziyat chekkan. 1990-yildan beri kattalar orasida semizlik bo‘yicha global ko‘rsatkich ikki baravar, bolalar va o‘smirlar orasida esa to‘rt baravar ko‘paydi.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

Buxoro markazidagi “snos"ga tushgan va buzilishini kutayotgan binolar — suratlarda

Buxoroning tarixiy qismi bilan chegaradosh hududda “Boqiy Buxoro” loyihasini amalga oshirish boshlandi. Hozirda markaziy stadion, shahar hokimligi binosi va musiqa maktabini buzish qizg‘in kechmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari “snos"ga tushgan va buzilishini kutayotgan binolarning ayrimlarini kadrlarga muhrladi.


dayjest

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil fevralida: Ortiqxo‘jayev, Qudratxo‘ja, Fayzulla Xo‘jayev va Shonazar ota

2023-yili YouTube’da o‘zbekistonlik kontent mualliflari sezilarli faollashgani munosabati bilan “Gazeta.uz” tahririyati yil yakunlari bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashgan edi. Shu ishning mantiqiy davomi sifatida YouTube’da fevral oyida chiqqan videolar bo‘yicha ham kichik sarhisob tayyorlandi.