1-mart kuni Farg‘ona viloyati Besharik tumanida 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Qayd etilishicha, tumanning “Obodon” ko‘chasida yashagan 51 yoshli erkak va uning 2 nafar farzandi — 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Ko‘zdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlangan.

Holat bo‘yicha sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.