17 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi. YHXX matbuot xizmati kotibi Azizxon Murodov bunday cheklov ko‘chalarda maxsus belgilar va moslashtirilgan tezlikni aniqlovchi moslamalar o‘rnatilgandan so‘ng amal qila boshlashini ma’lum qildi.

«Misol tariqasida, haydovchi 66 kilometr soat tezlikda harakatlanadigan bo‘lsa, barchaga ma’lumki, 5 kilomert soat tezlik chegirib tashlanadi va 61 kilometr soat tezlikda harakatlanib, qoidabuzarlik sodir etgani bo‘yicha jarima ko‘llanishi mumkin», — dedi xodim.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘chalarda taqiqlovchi belgilar o‘rnatilishi bo‘yicha OAVda va rasmiy saytlar orqali fuqarolar va jamoatchilikka ma’lumotlar berib boriladi. Biroq bugungi kunda ham harakat ishtirokchilari ushbu yangi joriy qilingan tartibga amal qilib harakatlanishlari so‘raldi.