Andijonda IIB xodimlari fuqarolarni kaltaklab, keyin video orqali uzr so‘rattirdi

Asakada ichki ishlar xodimlari jamoat tartibini buzganlikda ayblab, fuqarolarga kuch ishlatdi. Tuman IIBga olib ketilgan fuqarolar uzr so‘rab, xodimlarga sovuqda tartibni saqlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ularning kaltaklangani aks etgan videoni tarqatish esa yaxshi ish bo‘lmaganini aytdi.

O‘zbekistonda 60 km tezlik cheklovi taqiqlovchi belgilar o‘rnatilgandan so‘ng kuchga kiradi

O‘zbekistonda harakat tezligi 60 km etib belgilangan cheklov ko‘chalarda taqiqlovchi belgilar va moslashtirilgan tezlikni aniqlovchi moslamalar o‘rnatilgach kuchga kiradi. YHXX mas’uli haydovchilardan yangi tartibga hozirdan amal qilishni so‘radi.

«Maktab qordan tozalanmagan, o‘qituvchilar esa oylik olib yotibdi» — Angren prokurori

Angrenda shahar prokurori 22-maktabga borib, muassasa hovlisi muz va qordan tozalanmaganidan noroziligini bildirdi. Uning tashrifidan so‘ng o‘qituvchilar hududni tozalashga jalb qilindi. Holat muhokamalarga sabab bo‘lgach, o‘rganish olib borilib, prokurorga intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.

Chet ellik va fuqaroligi bo‘lmaganlarning farzandlarini maktablarga qabul qilish xizmati ishga tushdi

Xorij fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini umumta’lim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi. Xizmat ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.

Namanganda boshqaruv paytida telefondan foydalangan hokim haydovchisi jarimaga tortildi

Tarmoqlarda Mingbuloq tumani hokimining haydovchisi boshqaruv vaqtida qo‘l telefonidan foydalangani aks etgan surat tarqaldi. YHXX Trailblazer avtomobili haydovchisiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgani va u 900 ming so‘m jarima to‘laganini ma’lum qildi.

Sovuq havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi

O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechalari −8…−13 daraja, kunduzi −2…+3, ba’zi joylarda −5 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

3 ta viloyatda tadbirkorlar jami 673,4 ming kub metr gazdan noqonuniy foydalangani aytilmoqda

Jizzax, Toshkent hamda Buxoro viloyatlarida tabiiy gazga noqonuniy ulanib olganlikda gumonlanayotgan tadbirkorlar aniqladi. Ular jami 673,4 ming kub metr gazdan ruhsatsiz foydalangan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 545,3 mln so‘m zarar yetgan. Hozirda holatlar tergov ostida.

Banklarda dollar kursi 11 340 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 20 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 310 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 340 so‘m.

Video: Toshkentda 3 ta mashina to‘qnashib, 2 kishi shifoxonaga yotqizildi

Yakkasaroy tumanida Malibu, Spark va Nexia-3 to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida ikki haydovchi kasalxonaga olib ketildi.

O‘zbekiston Tojikistondan qo‘shimcha elektr import qilishni boshladi

18 yanvardan boshlab Surxondaryo viloyatining qator tumanlariga Tojikiston orqali qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazilmoqda. Hududlar qo‘shni mamlakatning «Regar-500» podstansiyasidan chiquvchi 220 kVli kuchlanish bilan ta’minlandi.

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov sensatsion tarzda Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess superturnirida klassik shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan sensatsion g‘alabaga erishdi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

O‘zbekistonning turli hududlari aholisi qahratonni qanday o‘tkazmoqda?

Toshkentliklar poytaxtning so‘nggi ayozli kunlardagi og‘ir ahvoli viloyatlar aholisi uchun odatiy ekani haqida ko‘p eshitdi. «Gazeta.uz» O‘zbekiston hududlari aholisi bilan suhbatlashib, bu yilgi qish avvalgilaridan nimasi bilan farq qilayotgani, gaz, «svet» va transport muammolari haqida so‘radi.