Dam olish kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ob-havoni hali ham sovuq antitsiklon belgilaydi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 20−21 yanvar kunlari eng chekka janubda biroz qor yog‘ishi mumkin.

Kunduzi havo harorati −3…+2 daraja bo‘ladi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari −8…−13 daraja, ba’zi joylarda −15…−17 darajagacha soviydi. Kunduz kunlari −2…+3, ba’zi joylarda -5 darajagacha sovishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shuningdek, respublika yo‘llarida ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.