Jamiyat

SSV Toshkent viloyatida kaltaklangan feldsherning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi
25 yanvar 2023, 09:56

SSV Toshkent viloyatida kaltaklangan feldsherning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi

Toshkent tumanida bemorning o‘g‘li chaqiruvga ayol emas, erkak feldsher kelgani uchun xodimni kaltaklagandi. SSV xodimning bosh miya yopiq jarohati va boshqa tashxislar bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgani, uning muolaja olayotganini ma’lum qildi.

Farg‘onada homilador ayol mashina ichida o‘zini yoqib yubordi
25 yanvar 2023, 09:26

Farg‘onada homilador ayol mashina ichida o‘zini yoqib yubordi

Farg‘ona shahrida erini rashk qilgan homilador ayol mashina ichida o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi. Ayol hodisa joyida, chaqalog‘i esa shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Asaxiy Books iqtisodiyot bo‘yicha mashhur kitobni o‘zbek tiliga tarjima qildi
25 yanvar 2023, 09:00

Asaxiy Books iqtisodiyot bo‘yicha mashhur kitobni o‘zbek tiliga tarjima qildi

Nashriyot amerikalik Charlz Uilanning «Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi» kitobini o‘zbek tilida chop etdi. Muallif mazkur kitobda sohani oddiy tilda soddalashtirib tushuntiradi.

24 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 yanvar 2023, 22:00

24 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning Qirg‘izistonga tashrifi, Namanganda YPX avtomobilida tug‘ilgan chaqaloq, «Tez yordam» feldsherining kaltaklagani, hududlarga tarqatiladigan 110 ta tez tibbiy yordam mashinasi, lavozimidan ketgan «Toshshaharnur» rahbari, is gazidan navbatdagi o‘lim va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Qirg‘iziston chegarachilari o‘zbekistonliklarga yong‘inni o‘chirish uchun suv olib o‘tishga ruxsat berishdi
24 yanvar 2023, 21:15

Qirg‘iziston chegarachilari o‘zbekistonliklarga yong‘inni o‘chirish uchun suv olib o‘tishga ruxsat berishdi

Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekistondagi qishloq aholisiga molxonada chiqqan yong‘inni o‘chirish maqsadida suv olish uchun o‘z mamlakatiga kirishga ruxsat berdi.

Davlat xizmatchilarining daromadini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi atrofida nimalar bo‘lmoqda?
24 yanvar 2023, 17:41

Davlat xizmatchilarining daromadini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi atrofida nimalar bo‘lmoqda?

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimi 2022 yil 1 yanvardan ishga tushishi kerak edi, biroq qonun haligacha qabul qilinmadi. Noyabrda qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun berilgan, lekin hukumat hujjatni haligacha parlamentga taqdim etmadi.

«Toshshaharnur» rahbari lavozimidan ozod qilindi
24 yanvar 2023, 17:19

«Toshshaharnur» rahbari lavozimidan ozod qilindi

Poytaxt ko‘chalarini yoritishga mas’ul bo‘lgan «Toshshaharnur» DUK rahbari ishdan olindi. O‘rniga yangi rahbar tayinlandi.

Qashqadaryoda bir oila is gazidan zaharlanib vafot etdi
24 yanvar 2023, 17:14

Qashqadaryoda bir oila is gazidan zaharlanib vafot etdi

Kasbi tumanida er-xotin hamda ularning 5 va 3 yoshli farzandlari zaharlanib vafot etdi. O‘limga qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan chiqqan is gazi sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida «Tez yordam» feldsheri kaltaklandi
24 yanvar 2023, 16:23

Toshkent viloyatida «Tez yordam» feldsheri kaltaklandi

Toshkent viloyatida 24 yoshli fuqaro «Tez yordam» xodimini kaltakladi. U chaqiruvga ayol hamshira kelmagani uchun janjal ko‘targan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Hududlarga 110 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari tarqatildi
24 yanvar 2023, 15:12

Hududlarga 110 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari tarqatildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlarga tez tibbiy yordam xizmati uchun 110 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Shu paytga qadar «103» xizmatida 2938 dona avtomobil xizmat ko‘rsatib kelgan.

Jizzaxda fuqaro xonadonida bo‘ri saqlab kelayotgani aniqlandi
24 yanvar 2023, 12:47

Jizzaxda fuqaro xonadonida bo‘ri saqlab kelayotgani aniqlandi

Zomin tumanida fuqaro xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan 3 mln so‘m jarima belgilandi. Ayni paytda bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Qishki ta’til tugadi: Qalin kiyinib — maktabga
24 yanvar 2023, 11:50

Qishki ta’til tugadi: Qalin kiyinib — maktabga

O‘zbekistondagi 9 mingdan ortiq maktabda endi rostdan ta’til tugab, darslar boshlandi. Bolalar qalin kiyinib, maktabga yo‘l olishdi. Ko‘plab maktablar yaxshi isitilgan bo‘lsa, ayrimlari sovuqligicha qolmoqda. «Gazeta.uz» poytaxtdagi maktablarga borib, sinfxonalar harorati va o‘quvchilar kayfiyatini o‘rgandi.

Xorazmda mast haydovchi urib ketgan piyoda vafot etdi
24 yanvar 2023, 11:48

Xorazmda mast haydovchi urib ketgan piyoda vafot etdi

Yangibozor tumanida haydovchilik guvohnomasi yo‘q mast fuqaro Damas avtomobilini boshqarib ketayotganda piyodani urib ketdi. Oqibatda piyoda olgan jarohatlari sabab vafot etdi.

Qashqadaryoda Nexia-3 piyodani urib qochib ketdi
24 yanvar 2023, 10:45

Qashqadaryoda Nexia-3 piyodani urib qochib ketdi

Qarshi shahrida Nexia-3 haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan qochib ketdi. Yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi. YTHni Kasbi tumanida yashovchi fuqaro sodir qilgani aniqlandi.

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi
24 yanvar 2023, 09:50

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi

Namanganda YPX avtomobilida tug‘uruqxonaga olib ketilayotgan ayol qiz farzand ko‘rdi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab ona-bolaning salomatligiga hech qanday ziyon yetmadi.

31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladi
23 yanvar 2023, 23:17

31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 1991 yilgacha qurilgan 31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkazilib, muqobil energiya manbalari hisobiga issiq suv va elektr bilan ta’minlanadi. Yangi quriladigan uylarga energiya samaradorligi yuqori qurilish materiallari va jihozlaridan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Veolia toshkentliklarga sifatsiz isitish uchun to‘lovlarni o‘zi qayta hisoblab chiqadi
23 yanvar 2023, 22:11

Veolia toshkentliklarga sifatsiz isitish uchun to‘lovlarni o‘zi qayta hisoblab chiqadi

VeoliaToshkentda sifatsiz issiqlik ta’minoti uchun to‘lovni mustaqil ravishda qayta hisoblab chiqadi. Biroq agar isitish yoki issiq suv bilan bog‘liq muammolar uy ichidagi infratuzilma bilan bog‘liq bo‘lsa, unda qayta hisoblash bo‘lmaydi, deya ogohlantirdi kompaniya.

Toshkentda havoning ifloslanishi me’yordan oshmagan — O‘zgidromet
23 yanvar 2023, 18:20

Toshkentda havoning ifloslanishi me’yordan oshmagan — O‘zgidromet

O‘zgidromet ma’lum qilishicha, 23 yanvar ertalab Toshkentdagi hisoblagichlar havoning yuqori darajada ifloslanganini (jahon AQI reytingida 1-o‘rin) ko‘rsatdi. Zararli ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligi ruxsat etilgan chegaralardan oshmadi, deyiladi xabarda.

31 bosh turkman quloni «Sudoche-Akpetki» qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi
23 yanvar 2023, 17:27

31 bosh turkman quloni «Sudoche-Akpetki» qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi

Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigidagi 31 bosh turkman quloni «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi.

FVV aholiga ko‘l ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya qildi
23 yanvar 2023, 16:55

FVV aholiga ko‘l ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya qildi

O‘zbekiston bo‘ylab ariq, daryo, ko‘l, hattoki sharsharalar muzlashi kuzatildi. FVV muz qoplamalari qalin bo‘lmagani uchun yorilish ehtimoli yuqori ekanini bildirib, fuqarolarni ko‘l ustidagi muzlarda uchmaslikka chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting