Veolia Energy Tashkent kompaniyasi Toshkent aholisi uchun issiqlik ta’minoti to‘lovlarini mustaqil ravishda qayta hisoblab chiqadi, deb ma’lum qildi kompaniya matbuot xizmati.

«Issiqlik ishlab chiqaruvchi va issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan harorat rejimiga rioya qilmaslik oqibatida issiqlik ta’minotida uzilishlar yuzaga kelsa, qayta hisob-kitob Veolia Energy Tashkent kompaniyasi mutaxassislari tomonidan mustaqil amalga oshiriladi», — deyiladi xabarda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, iste’molchilar inspektorni chaqirib, issiqlik energiyasining yo‘qligi yoki sifatsiz yetkazib berilishi to‘g‘risida dalolatnoma tuzishlari shart emas.

Dispetcher ma’lumotlari asosida Veolia issiqlik ta’minoti savdo bo‘limi tomonidan dalolatnoma tuziladi. Issiqlik energiyasi ko‘rsatkichlari me’yorlarga javob berishni to‘xtatganida kompaniya bu haqda o‘zi xabardor bo‘ladi.

Sifatsiz issiqlik yetkazib berilgan butun davr uchun qayta hisob-kitob qilinadi.

«E’tibor qaratishingizni so‘rar edikki, agar Veolia Energy Tashkent uyning yerto‘lasigacha sifatli issiqlik tashuvchisini yetkazib bergan bo‘lsa va isitish yoki issiq suv bilan bog‘liq muammolar uy ichidagi infratuzilma bilan bog‘liq bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydi», — deyiladi xabarda. bayonotida aytiladi. Ilgari kompaniya bunday holatlar haqida batafsil ma’lumot bergan edi.

Iste’molchilar qayta hisoblash dalolatnomasi bilan tuman issiqlik ta’minoti bo‘limlarida tanishishlari mumkin. Billing tizimini sozlash bo‘yicha ishlar tugagandan so‘ng, qayta hisob-kitobni shaxsiy hisobda ko‘rish mumkin.

Qayta hisoblash qanday va kimga amalga oshiriladi?

Veolia ma’lumotlariga ko‘ra, «Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari«ga muvofiq, aholiga issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatsiz va o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan taqdirda, issiqlikni qayta hisoblash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • turar-joy binosining isitish tizimiga kech ulanishi munosabati bilan;
  • sifatsiz issiqlik ta’minoti yoki past parametrlar tufayli issiqlik ta’minoti yo‘qligida;
  • avariyaviy holatlar yoki qandaydir shikastlanishlarda.

Yuqoridagi hollarda qayta hisoblash qoidalarning 131, 132-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. Isitish tanaffusining ruxsat etilgan davomiyligi 1 oy ichida 24 soatdan (jami) ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Issiqlik energiyasi bilan ta’minlanmaganligi yoki sifatsiz issiqlik energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi dalolatnoma issiqlik ta’minoti xizmati uchun to‘lov miqdorini qayta hisoblash uchun asos bo‘ladi.

Issiqlik ta’minoti xizmatlarini qayta hisoblash qoidalarning 136-bandiga muvofiq, keyingi hisob-kitob davrida hisobga olinadi.

Veolia Energy Tashkent MCHJ XK ayrim tuman tumanlarda qayta hisob-kitob qilish jarayonlarini boshlagan.