Hududlarga 110 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari tarqatildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlarga tez tibbiy yordam xizmati uchun 110 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Shu paytga qadar «103» xizmatida 2938 dona avtomobil xizmat ko‘rsatib kelgan.

Toshkent viloyatida «Tez yordam» feldsheri kaltaklandi

Toshkent viloyatida 24 yoshli fuqaro «Tez yordam» xodimini kaltakladi. U chaqiruvga ayol hamshira kelmagani uchun janjal ko‘targan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Jizzaxda fuqaro xonadonida bo‘ri saqlab kelayotgani aniqlandi

Zomin tumanida fuqaro xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan 3 mln so‘m jarima belgilandi. Ayni paytda bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Paxta maydonlarini nasos bilan sug‘organlarga elektr xarajatlarining yarmi qoplab beriladi

O‘zbekistonda paxta yetishtirishni yaxshilash maqsadida mineral o‘g‘itlarga bojxona imtiyozlari yana 3 yilga uzaytirilishi mumkin. QQSni o‘z vaqtida to‘lamagan fermerlarning penyalari hisobdan chiqariladi. Qolaversa, paxta maydonlarini nasos bilan sug‘organlarga elektr xarajatlarining 50 foizi davlatdan qoplanadi.

Prezident davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev 26−27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Bosh prokuratura akademiyasi binosi sotuvga qo‘yildi

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan Bosh prokuratura akademiyasi bino va inshootlari auksionga chiqarildi. Lotning boshlang‘ich narxi 171,5 mlrd so‘m, bo‘nak puli (zakalat) esa 8,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekiston avtomobil bozori 2022 yilda qanday o‘zgardi?

Dekabr oyida faollik sezilarli darajada pasayganiga qaramay, 2022 yilda O‘zbekistonda avtomobil savdosining rekord darajada o‘sishi qayd etildi. Yil davomida sotuvlar soni 87 foizga oshib, 1,4 million avtomobilni tashkil etdi.

Davlat xizmatchilarining daromadini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi atrofida nimalar bo‘lmoqda?

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimi 2022 yil 1 yanvardan ishga tushishi kerak edi, biroq qonun haligacha qabul qilinmadi. Noyabrda qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun berilgan, lekin hukumat hujjatni haligacha parlamentga taqdim etmadi.

«Toshshaharnur» rahbari lavozimidan ozod qilindi

Poytaxt ko‘chalarini yoritishga mas’ul bo‘lgan «Toshshaharnur» DUK rahbari ishdan olindi. O‘rniga yangi rahbar tayinlandi.

Xorazmda mast haydovchi urib ketgan piyoda vafot etdi

Yangibozor tumanida haydovchilik guvohnomasi yo‘q mast fuqaro Damas avtomobilini boshqarib ketayotganda piyodani urib ketdi. Oqibatda piyoda olgan jarohatlari sabab vafot etdi.

Qashqadaryoda Nexia-3 piyodani urib qochib ketdi

Qarshi shahrida Nexia-3 haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan qochib ketdi. Yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi. YTHni Kasbi tumanida yashovchi fuqaro sodir qilgani aniqlandi.

Qashqadaryoda bir oila is gazidan zaharlanib vafot etdi

Kasbi tumanida er-xotin hamda ularning 5 va 3 yoshli farzandlari zaharlanib vafot etdi. O‘limga qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan chiqqan is gazi sabab bo‘lgan.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 345 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 24 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 365 so‘m.

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi

Namanganda YPX avtomobilida tug‘uruqxonaga olib ketilayotgan ayol qiz farzand ko‘rdi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab ona-bolaning salomatligiga hech qanday ziyon yetmadi.

31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 1991 yilgacha qurilgan 31 mingta ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkazilib, muqobil energiya manbalari hisobiga issiq suv va elektr bilan ta’minlanadi. Yangi quriladigan uylarga energiya samaradorligi yuqori qurilish materiallari va jihozlaridan foydalanish majburiy bo‘ladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan reportaj:

Qishki ta’til tugadi: Qalin kiyinib — maktabga

O‘zbekistondagi 9 mingdan ortiq maktabda endi rostdan ta’til tugab, darslar boshlandi. Bolalar qalin kiyinib, maktabga yo‘l olishdi. Ko‘plab maktablar yaxshi isitilgan bo‘lsa, ayrimlari sovuqligicha qolmoqda. «Gazeta.uz» poytaxtdagi maktablarga borib, sinfxonalar harorati va o‘quvchilar kayfiyatini o‘rgandi.