Odatda ko‘pchilik iqtisodni murakkab fan deb o‘ylaydi. Bu yo‘nalishdagi kitoblar ham iqtisodiyotni ko‘pincha murakkab terminlari bilan sohani tushunadigan auditoriyaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Charlz Uilan o‘zining «Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi» kitobida sohani oddiy tilda soddalashtirib tushuntiradi.

реклама

Charlz Uilan kitobda iqtisodiyotning mohiyati hamda dolzarb masalalarini sodda va tushunarli, barchaga tanish hayotiy misollar bilan yoritib beradi. Kitobda murakkab chizmalar yoki sirli formulalar yo‘q, balki moddiyat dunyosida qanday qonuniyatlar hukmronlik qilishi va davlatlar nimaning hisobiga boyishi tushuntirilgan.

реклама

Asarni o‘qiy boshlaganda muallif ulkan iqtisodiyot olamidagi yo‘lboshchiga aylanib, bu olamning chekka burchaklarigacha kitobxon bilan sayohat qiladi. Charlz Uilan — ishonchli yo‘lboshchi, uning olib boradigan suhbati esa samimiy va do‘stona ruhda kechadi.

реклама

Maroq bilan o‘qiladigan ushbu kitob o‘quvchining iqtisodiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Kitobxonni fanning tub mohiyati bilan yuzlashtirib, kunning muhim iqtisodiy muammolarini tushunadigan o‘qimishli fuqaroga aylantiradi. Charlz Uilan iqtisodiyotni chizma, diagramma va tenglamalarsiz ham tushuntirib berish mumkinligini isbotlab beradi. U iqtisodiy tahlilni juda ham qiziqarli uslubda izohlaydi. Muhimi — iqtisodiyotni o‘ta zerikarli va mijg‘ov fan sifatida ko‘rgan hamda uni o‘rganishdan bosh tortgan insonlarning qarashlarini o‘zgartirib yuborishga qodir.

реклама

Kitob professional tarjimon va muharrirlar jamoasi tomonidan tayyorlangan, matn sakkiz bosqichli sifat nazoratidan o‘tgan.

Kitob hozirda asaxiy.uz internet-do‘koni orqali sotilmoqda va butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berilmoqda.

Buyurtma berish: asaxiy.uz

Reklama huquqlari asosida.