«Toshshaharnur» davlat unitar korxonasi rahbari Umidbek Rajabov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Bu haqda poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov qarori qabul qilindi.

Umidbek Rajabov o‘rniga Shomansur Ahmedov rahbar etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr kuni Umidbek Rajabovga «o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshmagani» uchun hayfsan berilgandi.