Xorazm viloyati Yangibozor tumanida Damas piyodani urib ketdi, deya xabar qildi YHXX axborot xizmati.

14 yanvar kuni soat 02:00 larda Yangibozor tumani «Navbahor» MFYda haydovchilik guvohnomasi yo‘q fuqaro onasiga tegishli bo‘lgan Damas avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib ketgan.

Oqibatda piyoda jarohatlar sabab shifoxonada vafot etgan.

Aniqlanishicha, haydovchi voqea sodir bo‘lgan vaqtda mast holatda bo‘lgan.