Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigidan 31 bosh turkman quloni «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasiga jo‘natildi, deya xabar bermoqda Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlikning eslatishicha, hukumatning 2021 yil 11 iyundagi farmoyishiga asosan 175 bosh turkman qulonini Qoraqalpog‘istonda joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga ko‘chirish belgilangan.

Bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2022 yilning 26 dekabr kuni ham 18 bosh qulon «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududiga qo‘yib yuborish uchun jo‘natilgan.

Qulonlarni muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga ko‘chirish orqali ushbu noyob hayvonlarning tarixiy areallari bo‘lgan hududlarda ularning sonini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

табиат resurslari vazirligi, qulonлар

табиат resurslari vazirligi, qulonлар

табиат resurslari vazirligi, qulonлар