20 yanvar, juma kuni O‘zbekiston hududidagi o‘zbek-qirg‘iz chegarasi yaqinida molxona yonib ketdi. Qishloq aholisi suvga yetib borish imkoniyati yo‘qligi sababli Qirg‘iziston chegarachilari ularga suv olish uchun ajratib turuvchi inshootdan o‘z davlati hududiga o‘tishga ruxsat berdi, deya xabar qildi Qirg‘iziston DMXQ Chegara xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, o‘zbekistonliklarning qo‘shni davlat hududiga o‘tishlariga ruxsat berilgani uchun yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.