PDP University IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli yoshlar uchun Unicorn 2.0 grantini e’lon qiladi. Ushbu grant quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • PDP University birinchi kurs to‘lov shartnomasini 100%`gacha qoplash;
  • yotoqxona xarajatlarini qoplash;
  • grant asosida ta’lim olayotgan talabalarning uch mahalgacha ovqatlashini ta’minlash.

Loyihaning maqsadi — iqtidorli yoshlarga o‘zini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishdan, shu qatorda ularni bepul o‘qitish va aktual bo‘lgan IT sohasini puxta o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, ularning moddiy va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga, mahalliy va xorijiy ilg‘or kompaniyalarda faoliyat yuritadigan xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lishlariga, katta StartUp loyihalarni boshlash va boshqarishga qodir, muhim qarorlar qabul qila oladigan shaxs sifatida shakllanishlariga ko‘mak beriladi.

reklama

Unicorn 2.0 | Social lift loyihasi uchun O‘zbekistondagi yetakchi 11 ta kompaniya homiylik qilmoqda va ular tomonidan umumiy qiymati 9,9 mlrd so‘mlik ta’lim granti ajratildi. Grant uchun homiylik qilayotgan kompaniyalar:

  • Megamotors;
  • Mervan;
  • Union Paper and Board;
  • Sifco International;
  • Alexor;
  • Keda SureMaker;
  • Megavan,;
  • Qurilish Trest;
  • Alfaruq;
  • Baloon by Megavan;
  • Declas.

reklama

Grantni qanday qilib qo‘lga kiritish mumkin

Nomzodlar Unicorn 2.0 grantini yutib olish uchun quyidagi bosqichlardan o‘tishlari lozim:

  1. Hujjat (ariza) topshirish jarayoni. Bundan ishtirokchi maxsus saytda o‘zi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni kiritib, berilgan formalarni to‘ldirishi kerak bo‘ladi.
  2. Nomzod bilan intervyu. Bunda saytga o‘z ma’lumotlarini kiritgan talabgorlar bilan Zoom platformasi orqali yakka tartibga onlayn suhbat o‘tkaziladi.
  3. Maxsus o‘quv dasturi va imtihon. Ushbu bosqichda suhbatdan o‘tgan nomzodlar ikki oylik Foundation (dasturlash bo‘yicha fundamental bilimlar) kursini onlayn o‘qishlari va kurs so‘ngida imtihondan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Nomzodlar har bir qabul fazasida 96 kishidan saralab olinib, PDP Academy Foundation kursida tahsil olishni boshlaydilar. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan 140 nafar ishtirokchilar yuqorida ko‘rsatilgan grant va imkoniyatlar sohibiga aylanadilar.

reklama

Unicorn — milliard dollarlik kompaniyalar sari ilk qadam.

Telefon: (+998) 78−777−77−47.

Sayt: university.pdp.uz
Instagram: @pdp.university
Telegram: t.me/pdpuniversity

Reklama huquqlari asosida.