Ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘z bolalarini qiynayotgani aks etgan video tarqalib, foydalanuvchilar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Samarqand viloyati IIB axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, holat Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Andoqsoy qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

«2000 yilda tug‘ilgan X.U. ayni damda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan eri bilan o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida jaxl ustida, bolasini qiynab, tasvirga olib turmush o‘rtog‘iga yuborgan», — deyiladi IIB axborotida.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat to‘liq o‘rganilib, fuqaroning harakatlariga huquqiy baho beriladi.