Navro‘z bayrami kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi

Shanba kuni Kaspiy dengizidan bulutli massivlar kirib kela boshlaydi. Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati nisbatan pasayadi, biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Biroq 21 mart kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi.

Nukus voqealari bo‘yicha yana 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

17 mart kuni Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida qatnashganlikda gumonlangan yana 39 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi. Ularning 28 nafariga 5 yildan 11 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi. 11 nafar ayblanuvchi esa shartli ravishda sud zalidan ozod qilindi.

«Internetdagi provokatsiyalarga ergashmang» — Nukus voqealari bo‘yicha sudlanuvchi Yesimkan Qanaatov

Nukus voqealari bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchi qatorida jurnalist Yesimkan Qanaatovga ham hukm o‘qildi. U shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. Intervyu davomida Qanaatov Dauletmurat Tajimuratovning «agitatsiyalariga aldanib qolgani»ni aytdi va xalqdan «internetdagi provokatsiyalarga ergashmaslik»ni so‘radi.

O‘zbekistonda yashovchi Afg‘oniston fuqarolari Surxondaryoda ko‘chat ekishda ishtirok etmoqda

Tabiat resurslar vazirligi va BMT agentliklarining Surxondaryoda o‘rmon barpo etish loyihasida 200 ga yaqin o‘zbekistonlik va 413 nafar afg‘onistonlik ishtirok etdi. Loyiha doirasida Termiz shahri va viloyatning to‘rtta tumanidagi tashkil etilgan 100 gektar yashil hudud va istirohat bog‘lariga ko‘chatlar ekildi.

TDT a’zolari kapitali $500 mlnlik Turkiy investitsiya fondini tuzdi, O‘zbekistonning ulushi — $100 mln

Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar tomonidan tuzilgan Turkiy investitsiya jamg‘armasining ustav kapitali 500 mln dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonning undagi ulushi 100 mln dollarga baholanmoqda.

Shaffof nomi ostidagi yuzdan ortiq gaz «zapravka»larda tekshiruv boshlandi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Shaffof savdo belgisi ostidagi 73 ta tadbirkorlik subyektiga qarashli yuzdan ortiq gaz to‘ldirish shoxobchalarining «elektr va gaz tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish» holatlari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonga Rossiyadan olib kirilayotgan gazli va pnevmatik qurollar to‘xtatib qolindi

Qoraqalpog‘istondagi «Dovut-ota» chegara postida Rossiyadan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan gazli va pnevmatik to‘pponchalar, gaz ballonlari va patronlar aniqlandi.

O‘zbekistonga 900 ming dozaga yaqin Pfizer vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga 13−15 mart kunlari koronavirusga qarshi jami 875 520 doza Pfizer vaksinasi keltirildi. Ayni kungacha mamlakatda jami 75,6 mln doza vaksinadan foydalanilgan.

Mustaqil komissiya suddan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga adolatli jazo so‘radi

Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiya a’zolari sud raisidan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan insonparvarlik tamoyillari asosida, adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini so‘radi.

9 ta hududda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

18−21 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Transport vazirligi Gruziya, Ozarbayjon va Turkiyaga avtotransportda yuk tashuvchilarga murojaat qildi

O‘zbekiston Transport vazirligi Rossiya-Gruziya chegarasidagi «Yuqori Lars» nazorat-o‘tkazish punktida aksariyat yo‘laklar yopilgani sababli milliy tashuvchilarga ushbu holatni inobatga olishlarini so‘radi. Hozirda Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida 3 ta nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

«Mamlakatlar tanazzuli sabablari»dan: Shu qadar yaqin, shu qadar farqli

Toshkentda «Mamlakatlar tanazzuli sabablari» kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir axborot hamkori hisoblangan «Gazeta.uz» nega ayrim mamlakatlar farovonroq degan savolga javob izlangan kitobdan parchalar e’lon qiladi.