17 mart kuni Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimi o‘rinbosari Umidjon Jumagaldiyev baxtsiz voqea oqibatida vafot etdi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
U tuman investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Tuman hokimligi axborot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, uning vafotiga yo‘l-transport hodisasiga uchragani sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Umidjon Jumagaldiyev 1990 yilda Gurlan tumani Hazorasp qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. 2021 yilda tuman hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Uning 3 nafar farzandi bo‘lgan.