Toshkentda jahon avtomobil bozorida yetakchilaridan biri BYD kompaniyasining DM-i super gibrid modellari va elektromobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Masalan, 2022 yilda dunyoda sotilgan har o‘ninchi yengil avtomobil elektromobil hisoblanadi. Ahamiyatli jihati ular — faqat ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekiston avtomobil sanoati texnologik taraqqiyotning yangi davri arafasida turgani, endilikda eng ko‘p sotiladigan NEV avtomobillari O‘zbekiston bozoridan o‘rin olishiga zamin yaratadi.

Butun dunyo innovatsion yechimlar izlayotgan bir paytda O‘zbekiston ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirgan qator davlatlar qatoriga qo‘shilish yo‘lidan ishonch bilan bormoqda. Kelajak avlodni o‘ylagan holda, O‘zbekiston energiyada ishlovchi, zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 10 yil oldinga chiqish imkonini beruvchi yangi davr ostonasida turmoqda. Bu O‘zbekistonni MDHda birinchi va dunyoda 14 mamlakatga aylantirishda barcha imkoniyatlar mavjud ekanligining yana bir isboti.

«Avtomobilsozlik — fan va texnika taraqqiyotini o‘zida mujassam etgan jahon iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan sanaladi. Ushbu yo‘nalish rivojlangan davlatlarda yetakchi, multiplikativ soha sifatida metallurgiya, neft-gaz va kimyo sanoati, elektrotexnika hamda boshqa turdosh sohalarda bitta ish o‘rnida 7−8 ta ish o‘rni yaratishga majbur qiladi. Ayni jihatlarni anglagan holda, rivojlangan davlatlar orasida eng yuqori pog‘onalarni egallash hamda ular darajasiga yetish uchun biz yangi milliy texnologiyalarni tadbiq etamiz, ilmiy salohiyatni yuksaltiramiz va yaratamiz», — deya ta’kiladi tadbirda so‘zga chiqqan «O‘zautosanoat» AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov.

Bugun, O‘zbekiston avtomobilsozligi xalqaro maydonda o‘z mavqeyiga ega bo‘lish yo‘lida odimlayotgani, hali oldinda katta marralar borligidan dalolat. O‘zbekiston muhandislarining ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda sohaga oid texnikalarni yanada rivojlantirishni bugungi davr taqozo etmoqda.

реклама

«O‘zbekiston bozoriga muvaffaqiyatli kirib borish biz uchun ham ilmiy ham texnologik hamkorlikning yangi istiqbollarini ochadi. BYD va UzAuto o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish orqali ilmiy-texnik va innovatsion yo‘nalishlarda jipslashtirish mumkin. Bunda asosiy maqsad ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirishda ko‘p tomonlama sheriklikni birgalikda mustahkamlashdan iborat bo‘lib, bu, shubhasiz, O‘zbekiston manfaatiga xizmat qiladi», — deya ta’kidladi BYD Auto So., Ltd. boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ivan Sao.

реклама

O‘zbekistonda yangi energiya manbalari asosida ishlaydigan avtomobillar bu nafaqat tejamkor va ekologik toza transport vositasidir, bu:

  1. Yuqori muhandislik salohiyatiga ega lider mamlakatlar orasiga kirib borish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohasida imkoniyatlarni yaratish hamda kengaytirish, umuman olganda, barcha sohalarda oldinga qadam tashlash imkoniyatini taqdim etuvchi texnologiyalardir.
  2. O‘zbekistonda ilgari qo‘llanilmagan yangi yuqori texnologiyalarning rivojlanishi. Bu arzon xomashyodan million dollarlik mahsulotlar, hususan, akkumulyatorlar, elektrodvigatellar, elektron bloklar, mikrochiplar yaratish shuningdek, materiallarga ishlov berish, xomashyoni qayta ishlashni tashkil etish.
  3. O‘zbekistonda muhandislik, mahsulot dizayni, avtomobillarni iqlim va yo‘l sharoitlariga moslashtirish, sinov laboratoriyalarni yaratish, zamonaviy standartlarni o‘rganish va joriy etish, elektroenergetika — sanoat hamda ilm-fan integratsiyasi kabi ilmga asoslangan yo‘nalishlarda fan va mutaxassislar salohiyatini oshirishdir.
  4. Aqlli avtomobillar hamda robotlashtirilgan ishlab chiqarish uskunalari uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va markazlashtirilgan ma’lumotlar markazlarini yaratishga qodir bo‘lgan — IT-sohasida yuqori toifali yangi avlod mutaxassislarning yetishib chiqishidir.
  5. Ilmga asoslangan texnologiyalarni qo‘llagan holda, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etishdir. Dunyo ilg‘or tajribalarini O‘zbekiston amaliyotiga tadbiq etilishi, mamlakat uchun aqlli datchiklar, sun’iy intellekt, yangi avlod axborot tenologiyalari (IoT), sanoat dizayni, muhandislik loyihalash kabi yonalishlarda yangi bilimlarni olish va ilm-fanni rivojlantirishda rag‘bat beruvchi kerakli sharoitlarni yaratadi.
  6. Yoqilg‘i taqchilligi va ekologik muammolar davrida energiya resurslarini tejashning navbatdagi qadamdir — elektr transport vositalarini quvvatlantirish stansiyalari uchun rivojlangan infratuzilma transport xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.

Yangi transport turini ishlab chiqarishga o‘tish — kelajakka nazar solishni anglatadi. Kelajakda iqtisodiy rivojlangan, intellektual salohiyatga ega va raqobatbardosh davlatda nafaqat transport vositasiga ega bo‘lgan fuqarolarni ko‘paytirish, balki ko‘plab hali mavhum hamda kashf etilmagan yangiliklarni yaratuvchi ijodkor va olimlarni shakllantirish yo‘lidagi say’-harakatlarni davom ettishdir.

Reklama huquqlari asosida.