Xorazm viloyatining ayrim tumanlari va Urganch shahrida 14-aprel kuni erta tongda kuchli shamol kuzatilib, havoga chang massalari ko‘tarildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari”ning Xorazm hududiy filiali erta tongda kuchli shamol tufayli ayrim hududlarda elektr uzilishlari kuzatilgani haqida xabar berdi. Filialning tezkor brigadalari oqibatlarni bartaraf etish ustida ishlamoqda.

Avvalroq O‘zgidromet 13−14-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida shamol kuchayishi haqida ogohlantirgandi.

15−17-aprel kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida shamol kuchayishi, ba’zi joylarda esa changli qor yog‘ishi kutilmoqda.

16−17-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlari shimolida harorat 0…+5 darajagacha, ba’zi joylarda −1…−3 darajagacha bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +7…+12 darajagacha pasayadi.