15-aprel kuni Namangan viloyati Pop tumanida DAF yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Soat 02:48 da Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 225-kilometri “Qo‘shminor” MFY hududida harakatlanib ketayotgan, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro DAF yuk mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, o‘rta temir to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda avtomashinada yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in sababli avtomashina va uning yukxonasi to‘liq yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Sodir bo‘lgan yong‘in “Qamchiq” Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 03:20 da to‘liq o‘chirilgan.