Ostona shahrida (Qozog‘iston) sport kurashlari bo‘yicha qit’a birinchiligi o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza — jami 11 ta medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Musobaqaning yakuniy kunida Bobur Islomov (-86 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur qit’a birinchiligida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:
Oltin medal:
-67 kg: Abror Ataboyev (yunon-rum kurashi).
Kumush medal:
- -63 kg: Shermuhammad Sharibjonov (yunon-rum kurashi);
- -50 kg: Jasmina Immayeva (ayollar kurashi);
- -57 kg: Laylo Sobirova (ayollar kurashi);
- -70 kg: Zafarbek Otaxonov (erkin kurash);
- -79 kg: Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash).
Bronza medal:
- -55 kg: Ixtiyor Botirov (yunon-rum kurashi);
- -87 kg: Jalgasbay Berdimuratov (yunon-rum kurashi);
- -53 kg: Aktenge Keunimjayeva (ayollar kurashi);
- -86 kg: Bobur Islomov (erkin kurash);
- -97 kg: Maxsud Veysalov (erkin kurash).
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini 8 ta medal — 2 kumush va 6 bronza bilan yakunlagandi.