Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 12-aprel kuni 21 yoshli yigit sport klubida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, soat 22:15 da Yangiyo‘l tumanida yashagan, 2022-yilda tug‘ilgan D.A. Yangiyo‘l shahri tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga olib kelingan.

Marhum D.A. Yangiyo‘l shahri “Ramadan” MFYda joylashgan sport klubida sog‘lig‘i yomonlashib qolgan va shu yerning o‘zida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, uning o‘limi o‘tkir yurak yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqani va marhumda tan jarohatlari mavjud emasligi qayd etilgan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l shahri prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmokda.

Ma’lumot uchun, u Toshkent davlat agrar universiteti 2-kurs talabasi bo‘lgan.