Yangi hafta boshida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi sababli 16−17-aprel kunlari respublika shimolida havo harorati kechasi 0 darajagacha tushadi. Kunduzi butun respublika bo‘ylab yomg‘ir va do‘l yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, havo harorati +15 darajadan oshmaydi.

Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari soliqqa tortilmaydi — Soliq qo‘mitasi

Kartadan kartaga (p2p) pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilgani haqida xabarlar Soliq qo‘mitasi tomonidan rad etildi.

AQSh sanksiyalari ostida qolgan O‘zbekiston fuqarolari va kompaniyalar

AQSh Alisher Usmonovning USM xoldingi va unga aloqador kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ular orasida “Ohangaronsement”, Ucell ulushiga ega bo‘lgan Digital Invest va O‘zbekistondagi markalash tizimining operatori va boshqalar bor. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari ham sanksiyalar ostida qolgan.

Agrar universitetning 21 yoshli talabasi vafot etdi

Yangiyo‘l shahridagi sport klubida Agrar universitetning 21 yoshli talabasi sog‘lig‘i yomonlashib qolgani oqibatida vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Erkak 2019-yilning yozida 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda

Voqeadan so‘ng qiz bu haqda ota-onasiga aytishga jur’at eta olmagan. Keyinroq ular bundan xabardor bo‘lgach, huquq-tartibot idoralariga qayta-qayta ariza bilan murojaat qilgan. Jinoyat ishi 2023-yilning 4-apreliga kelibgina ochilgan.

O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashni erta qo‘llab-quvvatlash loyihasi boshlandi

O‘zbekiston o‘zining biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy siyosatini BMTning Taraqqiyot dasturi ko‘magida Kunming-Monreal global bioxilma-xillik loyihasiga ko‘ra muvofiqlashtiradi.

O‘zbekiston va Tojikiston chigirtkalarga qarshi transchegaraviy kurash tadbirini o‘tkazdi

O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Tojikistonning “Chigirtkalarga qarshi kurash ekspeditsiyasi” muassasasi FAO ko‘magida 70 ming gektar maydonda transchegaraviy tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.

“Bu — vahshiylik”. Aziz Abduhakimov — Qashqadaryoda noyob ayiqning otib o‘ldirilgani haqida

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Qashqadaryoda noyob ayiq otib o‘ldirilganiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayiq aslida aholiga xavf tug‘dirmagan, hokimiyatga esa uni o‘ldirmaslik haqida tavsiya berilgan. Vazirning fikricha, tabiatga bunday munosabat “vahshiylik” va juda katta jinoyat.

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali nomi o‘zgarmaydigan bo‘ldi

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali nomini “Karvon”ga o‘zgartirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi jamoatchilik tanqidiga uchragandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov telekanal nomida o‘zgarish bo‘lmasligi, mavjud loyihalar saqlab qolinishi, moddiy-texnik baza masalasiga yechim topilishini ma’lum qildi.

Malayziya kompaniyalari O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarmoqchi

Malayziyaning 3 ta kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, sanoat sohasi hamda yetkazib berishda foydalanish uchun dronlar ishlab chiqarish masalalarini ko‘rib chiqmoqda.

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda elektrobuslar ishlab chiqarishi mumkin

Malayziyaning Gemilang Coachwork Sdn. Bhd kompaniyasi “Samavto” MCHJ bilan korxona ehtiyojlari uchun alyuminiy kuzovlar yetkazib berish va O‘zbekistonda birgalikda elektrobuslar ishlab chiqarishga qiziqish bildirdi.

Toshkentda ikkinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi

27-aprel kuni Toshkentda gibrid formatdagi ikkinchi inklyuziv biznes-forum o‘tkaziladi. Unda biznes va tadbirkorlikda inklyuziv mehnat amaliyotini muvaffaqiyatli joriy etish, to‘siqlarsiz mehnat muhitining odamlar, kompaniya va jamiyat muvaffaqiyatiga ta’siri hamda boshqa mavzular muhokama qilinadi.

Talabalarga 2-kursdan boshlab bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin

Regulation.gov.uz portalida talabalarning 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror loyihasi joylashtirildi. Unga ko‘ra, talabalar OTM rahbari bergan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashi mumkin bo‘ladi. Qaror loyihasiga 27-aprelgacha taklif kiritish mumkin.

Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi kuzga qoldirildi

Toshkentda yoz fasliga rejalashtirilgan Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi kuzga qoldirildi. Bu murakkab restavratsiya ishlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari, “jamoat maydonining munosib namunasi” bo‘lishi va’da qilingan kutubxona oldida ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston mehnat va inson huquqlari borasida real ahvolni yaxshilamas ekan, orzular qog‘ozda qolaveradi — Cotton Campaign

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi asoschilaridan biri Bennett Friman O‘zbekiston hukumatini “islohotlarga qaytib, o‘zi uchun yaratgan tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka” chaqirdi. “Mehnat va inson huquqlari borasida real ahvolni yaxshilamas ekan, orzular qog‘ozda qolaveradi”, — dedi u.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

Toshkent aeroportining rekonstruksiya qilingan ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi ochildi. Foto

Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Jurnalistlar yangilangan yo‘lakka qo‘ngan birinchi samolyot — Uzbekistan Airways`ning Dubaydan kelgan Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib oldi.

Sport va hordiq kanali. Toshkent baydarkachilari — mashg‘ulotlar hamda suzish joylari yetishmovchiligi haqida

Baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilar har kuni Anhorni bir necha bor suzib o‘tadi. Bu sportchilar Minor qabristoni yaqinidagi bazada shug‘ullanadi. “Gazeta.uz” ular bilan mashg‘ulotlar, eshkak eshishga muhabbat, bu sport turining Toshkentdagi istiqboli va suvdagi hordiq uchun joy yetishmasligi haqida suhbatlashdi.