OAVlar Andijon viloyati hokimi ishdan bo‘shatilgani haqida yozdi, biroq xabar rasman tasdiqlanmadi

Qator internet nashrlari, jumladan, davlat OAVlari Andijon viloyatini qariyb 10 yil boshqargan Shuhrat Abdurahmonovning ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berdi. Avvalroq unga tegishli deya taxmin qilingan intim video tarqalgandi. Ishdan olingani rasman tasdiqlanmadi. Nashrlar o‘z xabarlarini rad eta boshladi.

Shuhrat Abdurahmonov ish joyida ko‘rinish berdi (foto)

Shuhrat Abdurahmonov ishdan ketgani haqidagi xabarlar fonida Andijon viloyati hokimligi uni ish vaqtida olingan video va suratlarini e’lon qildi.

Andijon hokimligi Shuhrat Abdurahmonovga tegishliligi aytilgan video bo‘yicha munosabat bildirdi

Tarmoqlarda Shuhrat Abdurahmonovga tegishli deya taxmin qilinayotgan intim video tarqalgandi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, video bo‘yicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborilgan. Videoni tarqatgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.

Xorazmda kuchli shamol kuzatildi

Xorazm viloyatining Urganch shahri va tumanlarida erta tongda chang aralash kuchli shamol kuzatildi. Ayrim tumanlarning elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham chang-to‘zonli ob-havo kuzatilmoqda. Video

14-aprel tonggida Xorazm viloyatida kuzatilgan kuchli shamol va chang-to‘zonli ob-havo Buxoro hamda Navoiy viloyatlariga ham o‘ta boshladi. Qiziqtepa tumanida noqulay havo natijasida ko‘runuvchanlik 100−150 metrgacha qisqardi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari salqin bo‘ladi

Kaspiy dengizidan Turkmaniston orqali salqin va nam havo massalarining kirib kelishi munosabati bilan dam olish kunlari kunduzi havo harorati +25 darajagacha, kechasi esa +15 darajagacha pasayadi. Shamolning tezligi 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga berilayotgan yegulik ichidan tabletka chiqqani aytilmoqda. Bu birinchi marta emas

Ellikqal’a tumanidagi 5-maktabda o‘quvchilarga berilayotgan oziq ovqat mahsulotlari ichidan tabletka chiqqanidan norozi ota-onalarning xabari tarmoqlarda tarqaldi. Holat SES nazoratiga olindi. Avvalroq, Xo‘jayli hamda Kegeyli tumanidagi maktablardan birida ham yegulik ichidan turli buyumlar chiqqandi.

Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi

Milliy haydovchilik guvohnomasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar uning hududida yangi loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekanini bildirdi

Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar — O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston — TIV rahbarlari uchrashuvida tomonlar ushbu davlatdagi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuvda Afg‘oniston TIV rahbari ham nutq so‘zladi.

Yanvarda sezilgan inflyatsiya 19,5 foizga yetib, rasmiy inflyatsiya bilan farq 7,3 foizni tashkil etdi

Markaziy bank aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya ma’lumotlarini e’lon qilishni qayta boshladi. Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 19,5 foizgacha o‘sgan, bu pandemiyasi cho‘qqisiga chiqqan 2020-yil iyul oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Ammo unda rasmiy inflyatsiya bilan farq kamroq bo‘lgandi.

Ayrim qurilish materiallari importi 2025-yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod etildi

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonga sement, fanera, qolip va boshqa qurilish materiallarini olib kirish 2025-yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi. Avvalroq davlat rahbari ushbu chora uy-joy qurilishi tannarxini pasaytirishga qaratilgani haqida aytgandi.

O‘zbekistonga havoni monitoring qiluvchi 6 ta avtomatik stansiya keltirildi

O‘zbekistonga 6 ta havoni monitoring qilish avtomatik stansiyasi keltirildi. Endi havoning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida monitoring.meteo.uz platformasida taqdim etib boriladi.

Jahon banki O‘zbekistondagi jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish uchun 143 mln dollar ajratdi

Jahon banki jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish va “yashil” energiyaga investitsiyalarni jalb qilish uchun 143 mln dollar kredit ajratdi. Shuningdek, landshaftlar barqarorligini oshirish va o‘rmonlarni qayta tiklash uchun 142 mln dollar taqdim etdi.