Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari AQShga fuqarolarni noqonuniy yuborishga uringanlikdan ayblangan shaxslarni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, Z.N. ismli shaxs fuqaro A.I.ni 30 ming dollar evaziga Turkiya orqali AQShga noqonuniy ravishda ishga yubormoqchi bo‘lib, shundan 5000 dollarni olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda.

Yana bir holatda esa fuqaro O.R. va boshqalar fuqaro A.S.ni 20 ming dollar evaziga tanishlari yordamida AQShga yuborishga kelishib, shundan 5000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani xabar qilindi.