O‘zbekiston va Qirg‘iziston So‘xdagi gaz inshootini tiklash ishlarini boshladi

O‘zbekiston Energetika vazirligining ishchi guruhi So‘x tumanidagi yerosti gaz saqlash inshootini tiklash loyihasi doirasida Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida bo‘ldi.

Mirziyoyev Erdog‘an yuborgan Togg elektromobilini haydab ko‘rdi — video

Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank Shavkat Mirziyoyevga Rejep Tayyip Erdog‘anning topshirig‘iga binoan Togg brendi ostidagi birinchi milliy elektromobilni topshirdi. Davlat rahbari elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev besh davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident 12-aprel kuni Falastin elchisi Javad Avvad, Yaponiya elchisi Xatori Takashi, Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim, Slovakiya elchisi Viktor Boretski va Pokiston elchisi Ahmad Farukning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Namanganda Malibu haydovchisi soxta raqam bilan qoidabuzarliklar sodir etdi

Namangan shahrida yashovchi fuqaro Malibu avtomobiliga soxta raqam taqib, bir nechta qoidabuzarliklar sodir etdi. Uning aytishicha, soxta raqamni tanishi orqali Moskvada yasattirgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.

Toshkent shahar okrugidagi ayrim uchastkalarda fuqarolar tajriba tarzida biometrik identifikatsiyadan o‘tadi

30-aprel kungi referendumda 14-Toshkent shahar okrugidagi ayrim uchastkalarda fuqarolar biometrik identifikatsiyadan o‘tadi. Bunda ular pasport yoki ID-kartasini skanerdan o‘tkazib, kvitansiya oladi. So‘ng byulletenda ovoz beradi. “Komissiya avvalgidek fuqaroni ro‘yxatdan izlamaydi”, dedi MSK raisi o‘rinbosari.

Prezident Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha topshiriq berdi

Tashkilot yoshlar qiziqishlarini inobatga olmay, turli samarasiz anjumanlar o‘tkazish bilan bandligi, shuningdek, internet platformasi yoki ijtimoiy tarmoqlarda loyihasi yo‘qligi tanqid qilindi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari tibbiy xizmatdan umrbod bepul foydalanishi mumkin

Endilikda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari tibbiy xizmatdan umrbod bepul foydalanadi. 1-iyuldan Sport vazirligida 2 mln 940 ming so‘mlik stipendiya joriy qilinadi. Uni oladiganlarga o‘zini o‘zi band qilish huquqi beriladi. Qolaversa, sportchilarga beriladigan mukofot pullari ham tasdiqlandi.

O‘zbekistonda kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi

O‘zbekistondagi viloyat markazlarida, keyinchalik tumanlarda butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi. U yerlarda kibersport, sport o‘yingohlari, karaoke, teatr, moda podiumlari, buk-kafe va boshqa ko‘ngilochar joylar bo‘ladi.

Buxoroda eshakning quloqlarini kesib tashlagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Peshku tumanida qo‘shnisiga tegishli eshakning quloqlarini kesib tashlagan erkak 15 sutkaga qamaldi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘lgan.

Namanganda MIB xodimiga pichoq bilan tashlangan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

To‘raqo‘rg‘on tumanida erkak uyiga 27 mln so‘mlik bank krediti va boshqa qarzlarini undirish uchun kelgan MIB xodimiga pichoq bilan tashlandi. Xodim o‘zini himoya qilib, o‘ng qo‘l kaft sohasidan jiddiy jarohat oldi. Holat bo‘yicha fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilariga berilgan yegulik ichidan qum chiqdi

Xo‘jayli tumanidagi 41-maktabda o‘quvchilarga berilgan shokolad ichidan qum, keks ichidan esa qizlar sochiga taqadigan vosita chiqdi. Bolalarga berilgan “Stel” shokoladi tashqi ko‘rinishidan “Step” shokoladiga juda o‘xshash va u kontrafakt mahsulot bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston XTV holat o‘rganilayotganini bildirdi.

Bu yil Toshkentning qaysi ko‘chalarida avtobus uchun maxsus yo‘laklar paydo bo‘ladi?

sentabr oyida Toshkent ko‘chalarida yangi transport kollapsi bo‘lishi kutilmoqda. Hokimiyat bunga hozirlik ko‘rmoqda va chorrahalarda aqlli svetoforlar o‘rnatgan holda 13 ta magistral ko‘chalarda avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklarni joriy etish ustida ishlamoqda.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqolalar:

Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunning to‘liq tafsiloti

O‘zbekistonda endi ayollarga shilqimlik qilganlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin, xotinini do‘pposlaganlar javobgarlikka tortiladi. Jinsiy zo‘ravonlik qilganlar esa “qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha” o‘tirishadi. Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunning to‘liq tafsiloti — “Gazeta.uz” materialida.

Nima uchun Toshkentda suv toshqinlari davom etmoqda? Yangi topshiriqlardan so‘ng muammo hal bo‘ladimi?

Kuchli yog‘ingarchiliklar Toshkentni suv bosishiga olib kelmoqda. Drenaj tizimini ta’mirlash 2015-yildan buyon yuqori saviyada muhokama qilinmoqda. Yaqinda prezident muammoni hal etish bo‘yicha dastur ishlab chiqish yuzasidan yana bir bor topshiriq berdi. Xo‘sh, drenaj tizimida nima noto‘g‘ri va uni qanday hal qilish kerak?