2023-yilning 27-aprel kuni Toshkent shahridagi Panarams mehmonxonasida gibrid formatdagi ikkinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu forum Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ijtimoiy buyurtmasi asosida Toshkent shahri “Sharoit plyus” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash loyihasi doirasida o‘tkaziladi.

Tadbir 4 yirik mavzudagi sessiya muhokamalarini o‘z ichiga oladi:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga hamda xalqaro tashkilotlarga ishga kiritish: amaliy tajriba va muvaffaqiyatli hikoyalar;
  • O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish: subsidiya va imtiyozlar;
  • nogironligi бўлган shaxslarni ishga жойлаштирishда ish beruvchilar oldida qandaĭ majburiyatlar bor?;
  • O‘zbekistonda inklyuziv biznes amaliyotlarini rivojlantirish uchun qanday imkoniyatlar va to‘siqlar mavjud?

Forumga nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv mehnat masalalariga befarq bo‘lmagan mahalliy biznes hamda ijtimoiy soha va OAV vakillari taklif etiladi.

Qayd etilishicha, tadbirda Toshkent shahri “Sharoit plyus” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muhabbat Rahimova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Britaniya kengashi, UNISEF, Jahon banki hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari nutq so‘zlaydi. Bundan tashqari, yirik, o‘rta va kichik mahalliy kompaniyalarning rahbarlari hamda kadrlar bo‘limi mutaxassislari ham qatnashadi.

Mazkur forumda ishtirok etish bepul. Oflayn qatnashish uchun joylar soni cheklangan bo‘lib, oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Onlayn tarzda esa Zoom ilovasi orqali ishtirok etish mumkin. Jonli efirni “Sharoit plyus” nogironlar jamoat birlashmasining YouTube kanali yoki forum.ishplus.uz saytida ham tomosha qilish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.