Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.

Qayd etilishicha, 2-IM “Qorasu” qozonxonasida 800 mm quvur liniyasini o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilishi sababli 3-oktabrdan 6-oktabrgacha bo‘lgan davrda quyidagi hududlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6, Bo‘z-2, Feruza dahalari;
  • Do‘rmon yo‘li, Mingbuloq, Tohir Malik, So‘fizoda, Mirzo Ulug‘bek va Sho‘rtepa ko‘chalari.

Ta’mirlash ishlari tugallanib, 2-IM qozonxonasi ishga tushirilishi bilan (7-oktabr ertalab) issiq suv ta’minoti qayta tiklanishi ma’lum qilingan.