Dam olish kunlari havo quruq va issiq bo‘ladi

O‘zbekiston hududining katta qismida dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari +10…+15, kunduzi +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Videoreportaj: Sergelidagi portlashdan zarar ko‘rganlar boshdan kechirganlari haqida

“Gazeta.uz” Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlashdan jabrlanganlar bilan suhbatlashdi. Guvohlar portlash zarbasi ularni qanday orqaga uloqtirib yuborganini so‘zlab berishdi va uyidagi vayronalarni ko‘rsatishdi. Portlash sababi esa hanuz noma’lumligicha qolmoqda.

Prezident Germaniyadan telefon qilib turibdi. Bosh vazir — Sergelidagi portlash haqida

Bosh vazir Sergelida sodir bo‘lgan portlashning ertasi kuni ham hududga borib, aholi bilan muloqot qildi. U prezidentning holat bo‘yicha bosh vazir va hokimga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar qilgani, ularning davlat rahbari e’tiboridan chetda qolmasligini aytdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 32 ta medal bilan 6-o‘rinda

2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik qilichboz qizlar ilk marta oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 32 ta medal bilan 6-o‘rinda bormoqda: 7 ta oltin, 10 ta kumush, 15 ta bronza. Sovrindorlar ro‘yxati.

Buxoroda erkak o‘zini avtobus tagiga tashlab, joniga qasd qildi

Buxoroda xorazmlik 23 yoshli erkak o‘zini avtobus g‘ildiraklari ostiga tashlab, voqea joyida vafot etdi. Marhum Toshkentda IELTS imtihonini topshirib, uyiga qaytayotgan bo‘lgan.

Uzbekistan Airways Senatning aviakassalarda byurokratik muammoni hal qilish haqidagi so‘rovini rad etdi

Senator Qutbiddin Burxonov Uzbekistan Airways kassalarida chipta sotib olishda fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinishini tanqid qildi. Senat bu muammoni hal etish yuzasidan kompaniyaga so‘rov yuborgan. Kompaniya “muammoni hal qilish imkonsiz” ekanini aytib, so‘rovni rad etgan.

Xususiy sektorga qon va uning tarkibiy qismlarini to‘plash hamda qayta ishlashga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda donor qoni va uning tarkibiy qismlarini xususiy tartibda to‘plash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlashni amalga oshirishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Tegishli qonunni Senat ma’qulladi.

Toshkentda uy-joy ijarasidan eng ko‘p daromadni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uylar keltirmoqda — MHTI

MHTI Toshkent shahrida uy-joy ijarasidan eng ko‘p daromadni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uylar keltirayotganini ma’lum qildi. Uylar narxi esa eng ko‘p Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanida qimmatlagan. Ijaradan daromad va uylar narxi balandligi aholi jamg‘armalarini ko‘chmas mulkka yo‘naltirishini rag‘batlantiradi.

O‘zbekistonda avgust oyida YTHlar sabab 300 kishi vafot etdi

O‘zbekiston hududida so‘nggi 8 oyda 5772 ta YTH sodir etilgan. Unda 5448 nafar kishi jarohatlangan, 1415 nafar kishi esa vafot etgan. Avvalroq mamlakatda yanvar-iyul oylarida 1115 kishi YTH oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimova va uning sherigiga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi. Ular jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pul yuvish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Prokuratura 483 mln dollarlik aktivlarni musodara qilish bo‘yicha ham so‘rov kiritgan.

Senat “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi.

2022-yilda tabiiy va texnogen ofatlar tufayli 287 kishi vafot etgan — FVV

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda 131 ta tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan. Ularda 287 kishi vafot etgan bo‘lsa, 300 ga yaqin fuqaro jarohatlangan. Hodisalarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etgan.

BYD: Portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilinadi, yetkazib berish muddati o‘zgarmaydi

Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiyaga yuboriladi, deb xabar berdi BYD. Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi, deya ta’kidladi kompaniya.