28-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidagi 2 oliygohga yangi rektor tayinlash bo‘yicha qaror [510-son] qabul qildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Baxodir Ergashevich Xusanov Namangan davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda rektor vazifasini Murojxon Qodirxonovning bajarib kelayotgandi.

Berdiyar Baxtiyarovich Jollibekov esa Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining rektori lavozimiga kirishdi. Shu vaqtgacha u mazkur oliygohning prorektori edi.