O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar va homilador ayollar uchun mo‘ljallangan “Antistrumin” №100 yod preparatini sotib olgan Samo farmatsevtika kompaniyasi ta’sischilaridan biri Nodir Yunusov AQShda qidiruvga berilgan ekan. Bunga birinchi bo‘lib siyosatshunos Rafael Sattarov e’tibor qaratdi.

AQShda qidiruvga berilgani

samo, антистрuмин, bolalarning zaharlanishи, нодир юнuсов

Tadbirkor AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati saytida qidiruvga berilganlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2005-yil iyun oyida ikki O‘zbekiston fuqarosi mehnat xizmatlari bilan shug‘ullanayotgani va noqonuniy xorijliklarni yollayotgani haqidagi ma’lumotni olgandan so‘ng, politsiya Giant Labor Solutions (GLS) kompaniyasini tekshirishni boshlagan.

FQB, Mehnat departamenti, Soliq boshqarmasi, Fuqarolik va immigratsiya xizmatlari hamda AQShning boshqa tashkilotlaridan iborat maxsus ishchi guruhi keyingi to‘rt yil davomidagi faoliyatni tekshirgan.

Kompaniyaga 2009-yil may oyida majburiy mehnat va xorijliklarning mehnat shartnomalari bilan bog‘liq firibgarlik aybi qo‘yilgan. Asosiy gumonlanuvchi Abrorxo‘ja Asqarxo‘jayev va boshqalar 2009-yilning may oyida Nyu-Yorkda mamlakatni tark etishga tayyorlanayotgan paytda hibsga olingan.

Bir qancha shaharlarda, jumladan Kanzas-Siti, Sent-Luis, Panama Siti va boshqa shaharlarda 40 dan ortiq odam savdosi qurbonlari qutqarilgan. Jinoiy fitnada ayblanayotgan uch nafar ayblanuvchi — Sanjar Agzamov, Rustamjon Shukurov va Nodir Yunusov AQShdan qochib, yashirinishda davom etmoqda, deyiladi xabarda.

2009-yildan beri AQSh rasmiylari 33 yoshli Nodir Yunusov va uning ikki sherigini mehnat qulligini uyushtirganlik va xorijliklarni AQShga ishga yollash bilan bog‘liq firibgarlikda ayblab, qidirmoqda.

2010-yilning yanvarida sud GLS xodimlariga nisbatan 59 ta majburiy mehnat ekspluatatsiyasi va 20 ta xorijlik shartnomalari bilan bog‘liq firibgarlik bo‘yicha 127 ta ayblov e’lon qilgan.

Bu haqda OAV va blogerlar 25-sentabrdan buyon yozishmoqda, biroq Nodir Yunusov xabarlarga izoh bermadi. “Gazeta.uz” unga aloqador kompaniyalar orqali u bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdi, ammo javob ololmadi. Nodir Yunusov direktor sifatida ko‘rsatilgan Zuma Pharm xodimasi tahririyat qo‘ng‘irog‘iga javoban avvaliga uning kompaniya rahbari ekanini tasdiqladi va rahbariyatdan izoh olishga harakat qilishini aytdi, biroq keyinroq o‘zini direktor o‘rinbosari deb tanishtirgan shaxs Yunusov endi kompaniya direktori emasligini ma’lum qildi (garchi 29-sentabr holatiga ko‘ra, korxona va tashkilotlarning davlat reyestrida u hali ham rahbar sifatida qolmoqda).

Internetda uning Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgani, biroq u bu tashkilotning ma’lumotlar bazasida yo‘qligi haqida ham xabarlar tarqaldi.

Nodir Yunusov bilan qanday kompaniyalar aloqador (yoki bo‘lgan)?

Korxonalar reyestriga ko‘ra, bir necha kun avval Nodir Baxtiyarovich Yunusov Samo farmatsevtika kompaniyasining 6,9 foiz aksiyasiga egalik qilgan. Qolgan ulushlar uning qarindoshlari ekani taxmin qilinayotgan Farrux Baxtiyarovich Yunusov (36,5 foiz), Xolida Mannanovich Yunusova (33,5 foiz), Nargiza Baxtiyarovna Ilxamova (22,4 foiz) va Baxtiyor Mannopovich Yunusovga (0,7 foiz) tegishli.

samo, антистрuмин, bolalarning zaharlanishи, нодир юнuсов

samo, антистрuмин, bolalarning zaharlanishи, нодир юнuсов

“Antistrumin” bilan bog‘liq mojarodan avval va keyin Samo ta’sischilari tarkibi.

29-sentabr holatiga ko‘ra u muassislar safidan chiqarilib, uning ulushi Xolida Yunusovaga (40,4%) o‘tkazilgan.

Nodir Yunusov, shuningdek, 2020-yil may oyida Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan va ixtisoslashtirilgan do‘konlarda farmatsevtika mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi Heartly kompaniyasining hammuassislaridan (16,5%) hisoblanadi. Qolgan aksiyalar Uzgermed Pharm (17,5%), Samo (16,5%), Fazo-Luxe (16,5%), Nargiza Ilxamova va Farrux Yunusov (har biri 16,5% dan) o‘rtasida taqsimlangan.

Bir necha kun avval Nodir Yunusov 2014-yildan buyon tibbiy asbob-uskunalar va bog‘lash mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan Fazo-Luxe korxonasida kichik (2,4 foiz) ulushga ega edi. Qolgan aksiyalar Xolida Yunusova (46,6 foiz), Baxtiyor Yunusov (46,6 foiz), Farrux Yunusov (3,4 foiz) va Nargiza Ilxamova (1 foiz) o‘rtasida taqsimlangan. Hozirda uning ulushi Xolida Yunusovaga (49 foiz) o‘tgan.

Samo kompaniyasi haqida nimalar ma’lum?

Samo zavodi tabletkalar, kukunlar va antiseptiklar ko‘rinishidagi dori-darmonlar, jumladan, “Aferol”, “Ambrol”, “Antigrippin”, “Samofer”, “Mukaltin”, kalsiy glyukonat, atsetilsalitsil kislotasi va “Antistrumin” ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

4-iyul kuni tashkilot saytida kompaniya rahbari Nodir Yunusov prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlashi haqida xabar e’lon qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda Samo kompaniyasi S gepatitini davolash uchun Sofosbuvir ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligining Ilg‘or tajribalar markazi Samo kompaniyasiga 2022-yil 19-aprelda uch yil muddatga amal qiladigan GMP sertifikatini bergan. Oxirgi tekshiruv 2023-yil 16-mayda o‘tkazilgan. “Antistrumin” yod preparatini qabul qilgan bolalar ommaviy zaharlanganidan so‘ng korxonada yana tekshiruv o‘tkazish belgilandi.

Avvalroq “Gazeta.uz” O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Samo kompaniyasidan tendersiz 3,55 mln qadoq “Antistrumin” (kaliy yodid)ni qariyb 22 mlrd so‘mga sotib olgani haqida xabar qilgan edi. 2022-yilda dorining bir qadog‘i 5500 so‘mdan xarid qilingan bo‘lsa, joriy yilda 6500 so‘mdan sotib olingan. Chakana savdoda esa 3000 so‘mdan sotilgan.

samo, антистрuмин, bolalarning zaharlanishи, нодир юнuсов

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, preparat dastlab 2002-yil 21-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, keyin sertifikat 2011-yil fevralda, 2017-yilda yana yangilangan. 2022-yil 30-noyabrda Samo prezident qarori (PQ-55) asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi sifatida doimiy sertifikat olgan.

Samo Uzgermed Pharm kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi. Uning tarkibidan:

  • Uzgermed Pharm O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi (35 ga yaqin in’eksion preparatlar, jumladan, alboregin, vinpotsetin, geparin va boshqalarni ishlab chiqaradi);
  • Fazo-Lux (niqoblar, bintlar, vata, bog‘lash materiallari va boshqalarni ishlab chiqaradi);
  • Toshkent viloyatidagi “Parkent-Farm” EIZ hududida inaktivatsiyalangan vaksinalar va oldindan to‘ldirib qo‘yilgan shpritslar, foydalanishga tayyor insulin ruchkalari, shuningdek, liofilizatsiyalangan kukunlar va flakonlarda in’eksion suyuqliklar ko‘rinishidagi jenerik preparatlar ishlab chiqaradigan Zuma Pharm korxonasi ham kiradi.

samo, антистрuмин, bolalarning zaharlanishи, нодир юнuсов

O‘tgan yil boshida Rossiyaning “Gerofarm” va Zuma Pharm kompaniyalari O‘zbekiston farmatsevtika kompaniyasi maydonchasida analog va inson insulinlarini ishlab chiqarish texnologiyasi transferi doirasida hamkorlikning asosiy shartlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan.

Shu bilan birga, Heartly ushbu kompaniyalarning dori vositalarini targ‘ib qiluvchi marketing kompaniyasi hisoblanadi.

Prezident matbuot xizmati.Prezident matbuot xizmati.

Aprel oyi boshida prezident Shavkat Mirziyoyev oldida Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida Zuma Pharm va Fazo Luxe farmatsevtika mahsulotlari taqdimoti o‘tkazilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov bir necha kun muqaddam jurnalistlar bilan uchrashuvda “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat berdi. “Bu mavzu bilan shug‘ullanayotgan odamlar bor. Nima bo‘lsa ham, o‘zi tekshiradi, o‘zi javobini beradi. Bu mavzuga chuqur kirmanglar”, — dedi vazir. U preparat chakana narxlardan 3 baravar qimmatga sotilayotgani haqidagi xabarlarni “noto‘g‘ri” dedi.

Nodir Yunusov sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning Zuma Pharm korxonasiga tashrifi chog‘ida taqdimot qilmoqda.Nodir Yunusov sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning Zuma Pharm korxonasiga tashrifi chog‘ida taqdimot qilmoqda.

“Antistrumina” №100 preparatining taqiqlanishi

21-sentabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanida kamida 71 bola kasalxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq viloyatda 450 nafar, jumladan Chust tumanida 306 nafar bola kasalxonaga yotqizilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ota-onalarning ta’kidlashicha, bolalari “Antistrumin” №100 tabletkasini ichganidan keyin o‘zlarini yomon his qilishgan.

22-sentabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rganishlar tugaguniga qadar ushbu tabletkalardan foydalanishga taqiq joriy qildi.

Biroq ko‘p o‘tmay sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova “oziq-ovqat yoki dori-darmondan zaharlanish gumonlari hali tasdiqlanmaganini” aytdi. U bolalarda O‘RVI bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam markazining toksikologiya bo‘limlariga ham o‘nlab bolalar zaharlanish belgilari, isitma, oshqozon buzilishi bilan yotqizilgan. Ota-onalar farzandlari yod iste’mol qilganidan keyin kasal bo‘lib qolishganini aytishdi. Shifokorlar esa preparat bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Yuzlab bolalar kasalxonaga yotqizilgani holati bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Dushanba kuni preparat ishlab chiqariladigan zavodda tekshiruv boshlangani ma’lum bo‘ldi.

Prezident matbuot xizmati avvalroq davlat rahbari bolalarning kasalxonaga yotqizilishi bilan bog‘liq vaziyatdan “chuqur tashvishda” ekanini ma’lum qilgandi. Davlat rahbari topshirig‘iga ko‘ra prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.