Buxoroda 23 yoshli yigit o‘zini yo‘lovchi avtobusi g‘ildiraklari ostiga tashlab, voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot kotibi Shuhrat Jalolov “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Voqea 28-sentabr kuni taxminan soat 9:30 da Buxoro-Xorazm-Turkmanboshi avtomobil yo‘lida, “Karvon” savdo bozori yaqinida sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yigit bir necha daqiqa telefonda gaplashgani, to‘satdan o‘zini o‘tib ketayotgan yo‘lovchi avtobusi ostiga tashlaganini ko‘rish mumkin.

“Marhum xorazmlik 23 yoshli yigit edi. Bir necha kun oldin u IELTS imtihonini topshirish uchun Toshkentga ketgan. Qaytish yo‘lida noma’lum sabablarga ko‘ra u o‘z joniga qasd qildi”, — deyiladi ichki ishlar boshqarmasi xabarida.

Mazkur fakt yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.