29-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 ga qadar Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” ma’lum qildi.

Yangihayot tumanining “Choshtepa”, “Xushnud”, “Erkin hayot” va “Olchazor” MFYlari:

  • Aholi iste’molchilari soni — 2920 ta
  • Ulgurji iste’molchilar soni — 25 ta

Mirzo Ulug‘bek tumanining A.Yugnakiy, Humoyun, TTZ-1, TTZ-2, TTZ-4 mavzelari, “Beshqala”, “Sultoniya”, “Munavvar qori”, “Gulrayxon”, “Geofizika” va “Temuriylar” MFYlari

  • Yerli xonadon soni — 13341 ta
  • Ulgurji iste’molchilar soni — 7 ta
  • 3 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari

Avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3-oktabrdan 6-oktabrgacha issiq suv ta’minoti to‘xtatilishi haqida xabar bergandik.