HONOR kompaniyasi o‘zbekistonliklar orasida o‘ziga xos ovozni topish maqsadida tashkillashtirilayotgan HONOR OVOZI loyihasining ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi. 2023-yil 9-oktabrdan 25-oktabrgacha istalgan O‘zbekiston fuqarosi “ovoz elchisi” bo‘lish uchun loyihada ishtirok etishi mumkin edi, uning ovozi butun mamlakat bo‘ylab HONOR reklama roliklari va onlayn materiallar so‘nggida yangraydi.

25−29-oktabr kunlari HONOR brendi hakamlar hay’ati a’zolari kompaniya nomi to‘g‘ri talaffuz qilinganligi, ovozning kuchliligi, “rangi” va ishonarliligini baholagan holda “Go Beyond HONOR” iborasi talaffuz qilingan 10 000 dan ortiq ovoz namunalarini tinglashdi hamda 30 nafar finalchini tanladi. Ommaviy ovoz berish natijalariga ko‘ra, ulardan biri butun oila uchun HONOR mahsulotlari to‘plamiga ega bo‘ladi: to‘rtta smartfon, noutbuk, simsiz quloqchin, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab shuhrat qozonadi.

Loyihaning ikkinchi bosqichida o‘zbekistonliklar 30-oktabrdan 5-noyabrgacha o‘zining sevimli ishtirokchisiga ovoz berish orqali g‘olibni aniqlashi mumkin. O‘zbekistondagi bo‘lajak HONOR elchisiga ovoz berish uchun tanlov saytiga kirib, finalchilarning audio namunalarini tinglash va noyob deb topilgan ovoz sohibiga ovoz berish kerak bo‘ladi.

HONOR 2023-yil 6-noyabrda ovoz berish natijalarini umumlashtiradi va e’lon qiladi. HONOR OVOZI loyihasi natijalaridan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun Instagram`dagi rasmiy brend sahifasiga obuna bo‘lishingiz yoki hihonor.com saytidagi yangiliklarni kuzatish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.