Antaliyada yoz hali hanuz o‘rnini kuzga bo‘shatib bermay, o‘z mavqeini saqlab qolmoqda. Bu turli mamlakatlardan kelgan minglab sayyohlarga sevimli O‘rta yer dengizi qirg‘og‘ida har doimgidan ko‘proq vaqt davomida quyoshda toblanish imkoniyatini beradi.

Milliy turoperator Asialuxe Travel noyabr oyida Antaliya kuzgi ta’til uchun nega optimal tanlovligi haqida o‘rtoqlashdi. Bundan tashqari, kompaniya 8,7 mln so‘mdan boshlangan Uzbekistan Airways samolyotlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar hamda “Hammasi ichida” tarifi asosidagi keng qamrovli turlarni taklif etadi.

Kuzda Antaliyadagi ob-havo

Antaliyada kuz — yilning ajoyib paytlaridan biridir. Noyabr boshida kunduzgi havo harorati 27 daraja issiq, dengiz suvining harorati esa — 25 daraja issiqni tashkil etadi.

Qulay ob-havo yoshlar guruhlari uchun ham, har qanday yoshdagi bolalari hatto chaqaloqlari bor oilalar uchun ham D vitaminiga to‘yinish, qishki sovuqdan oldin dengiz havosidan nafas olish va sho‘r suvda cho‘milish imkoniyatini beradi.

asialuxe travel, реклама

Milliy turoperator kuzning so‘nggi pallasida Antaliyada dam olishning boshqa afzalliklarini ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda.

asialuxe travel, реклама

Yon-atrofdagi tabiat

Antaliyaning kuzgi tabiati o‘zining xilma-xilligi va go‘zalligi bilan hayratga soladi. Oltin o‘rmonlar bilan qoplangan Toros tog‘lari o‘ziga xos shinamlik va osoyishtalik muhitini yaratadi. Manzarali so‘qmoq va tanho dengiz qo‘ltig‘i bo‘ylab sayr tabiat bilan qayta uyg‘unlashib, sokin muhitga to‘liq singish imkonini beradi.

Madaniy merosi

Antaliya ming yillarga borib taqaladigan boy tarixga ega shahar. Bu yerda o‘zining muhtasham amfiteatriga ega Aspendos va qadimiy Perge kabi shaharlarning qadimiy me’moriy yodgorliklari saqlab qolingan. Ushbu tarixiy joylarga tashrif buyurish qadimiy dunyoga sho‘ng‘ish, uning ruhi va ulug‘vorligini his qilish imkoniyatni beradi. Aynan kuzda Antaliyadan gavjum sayyohlar guruhi jo‘nab ketadi, bu esa qadimiy diqqatga sazovor joylarni bemalol sayr qilish, esdalik suratlarini olish hamda havo va namlikdan aziyat chekmasdan dam olish imkonini beradi.

asialuxe travel, реклама

Bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar va sayr-tomoshalar

Antaliya bolali oilalar uchun ko‘p ko‘ngilochar o‘yinlar va sayr-tomoshalarni taklif qiladi. Akvaparklar, delfinariy, hayvonot bog‘i, mashhur The Land Of Legends — bularning barchasi kichik sayohatchilarga ta’tildan to‘liq zavq olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, 4-noyabrdan O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida kuzgi ta’til boshlanadi.

asialuxe travel, реклама

Kattalar bar, restoran va diskotekalarga tashrif buyurib, tungi hayotdan zavq olishlari va Antaliyaning mashhur savdo markazlarida shopping qilishlari mumkin.

Mehmonxonada qulay va arzon turar-joy

Antaliya har qanday did va budjetga mos keladigan mehmonxona majmualarining keng tanlovini taklif etadi. Bu yerda siz dam olish va o‘yin-kulgi uchun ajoyib sharoitlarni taklif qiluvchi shinam oilaviy mehmonxonalar va hashamatli kurortlarni topishingiz mumkin. Ularning barchasi turar-joy narxlarini kamaytirgan, chunki yuqori yoz mavsumi ortda qoldi. Regnum Carya, Maxx Royal yoki Rixos mehmonxonalarida dam olishni istovchilar uchun hozirda bu mehmonxonalarni arzon narxlarda band qilishning ayni vaqtidir.

asialuxe travel, реклама

Bundan tashqari, milliy turoperator 5-noyabrdan boshlab har uch kunda Uzbekistan Airways qanotlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar hamda ikki kishilik joylashuv shartlaridagi turlar uchun bir kishiga 8,7 mln so‘mdan bo‘lgan maxsus narxlarni taklif etadi.

Asialuxe Traveldan 5-noyabrdan 12-noyabrgacha qo‘shimcha to‘lovlar talab qilinmaydigan, “Hammasi ichida” hamda “hammasi ichida ultra” tariflari asosidagi keng qamrovli sayohat turlari takliflari:

  • besh yulduzli Ramada Resort by Wyndham Side — 9,4 mln so‘mdan;
  • besh yulduzli Sherwood Exclusive Lara — 13,4 mln so‘mdan;
  • besh yulduzli Alva Donna Exclusive Hotel & Spa — 13,4 mln so‘mdan;
  • besh yulduzli Papillon Ayscha Resort & Spa — 15,6 mln so‘mdan;
  • besh yulduzli Rixos Park Belek — 17 mln so‘mdan;
  • besh yulduzli Nirvana Cosmopolitan — 16,3 mln so‘mdan;
  • besh yulduzli Rixos Downtown Antalya — 16,5 mln so‘mdan;
  • besh yulduzli Rixos Premium Tekirova — 20,8 mln so‘mdan;
  • to‘rt yulduzli Elamir Resort Hotel — 8,7 mln so‘mdan.

asialuxe travel, реклама

Antaliyadagi noyabr ta’tillari — Turkiyaning yaxshi kurortida hamyonbop narxlarda dam olish va butun dunyoga mashhur xizmatni ajoyib va chiroylilardan biri deya tanilgan xizmat sifatidan bahramand bo‘lish uchun noyob imkoniyatdir.

asialuxe travel, реклама

Tur to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va App Store`dan Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab olishi tavsiya qilinadi.

Keng qamrovli tur to‘plamlar Asialuxe Travel savdo ofislarida va O‘zbekistondagi barcha sayyohlik agentliklarida mavjud.

Keng qamrovli tur to‘plamlar, narxlar va parvoz shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni kompaniya saytida yoki quyidagi telefonlar orqali olish mumkin: (+998) 71−211−22−22, (+998) 71−201−77−77.

Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe
Telegramdagi qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Reklama huquqlari asosida.