Abduqodir Toshqulov Surxondaryo viloyatidagi Termiz davlat universiteti rektorligiga qaytdi, deya xabar bermoqda “Yangi O‘zbekiston” nashri.

U mazkur lavozimdan 2021-yilning yanvar oyida ketib, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Undan so‘ng 2022-yil dekabr oyidan prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga kirishdi. Hozirda ushbu lavozim tugatilgan.

Bundan tashqari, u 2022-yilning fevralida O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga rahbar etib tayinlangan.