O‘zbekistonda nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida erkaklar uchun 37 yoshni, ayollar uchun 32,9 ni tashkil etdi. Bu haqda Ctatistika agentligining 2023-yilning 9 oyidagi demografik holat bo‘yicha press relizida ma’lumot berilgan.

Bu davr davomida jami 184 ming 461 ta nikoh qayd etilgan. Ajrashishlar soni esa 37 654 tani tashkil etgan. Nikohlanganlarning o‘rtacha yoshi ayollarda 22,5 yosh, erkaklarda esa 27,3 yosh bo‘lgan. Qayd etilgan nikohlarning eng katta ulushi 25 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri kelgan (jami nikohlarning 74,6 foizi).

Infografika: Ctatistika agentligiInfografika: Ctatistika agentligi

2023-yil yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan nikohdan ajralishlar soni 37,7 ming birlikni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 17,7 mingtaga yoki 1,9 barobarga ko‘paygani kuzatildi.

”nikoh,

Nikohdan ajralishlar shahar joylarida 22,7 mingtani (60,3 foiz), qishloq joylarida 15 mingtani (39,7 foiz)ni tashkil etdi. Farzandsiz nikohdan ajralishlar soni 19 ming 94 tani tashkil etgan. Bu jami ajrashganlarning 50,7 foiziga to‘g‘ri keladi. 27,2 foiz holatda 1 nafar farzand bilan, 22,1 foiz holatda 2 va undan ortiq farzand bilan ajralish qayd etilgan.

”nikoh,

Ma’lumot o‘rnida, 2022-yil bo‘yicha nikohlangan ayollarning o‘rtacha yoshi 22,3 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 26,5 yoshni tashkil etgan.

O‘tgan yil davomida nikohdan ajrashishlar soni 48,7 mingtani tashkil etib, so‘nggi 5 yilda sezilarli ko‘paygani kuzatilgan. Misol uchun, 2018-yilda 32,3 mingta, 2019-yilda 31,4 mingta, 2020-yilda 28,2 mingta, 2021-yilda 39,3 mingta ajrashish qayd etilgan. Nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi erkaklar uchun 39,2 yoshni, ayollar uchun 33,1 yoshni tashkil etgan.

2022-yildagi nikohdan ajrashganlarning farzandlar soni bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha: 34,3 foizi farzandsiz, 41,9 foizi bir farzandi bilan, 23,8 foizi 2 va undan ortiq farzandi bilan ajrashgan.